Mozambik iqlim ofatidan himoyalaniş uçun 37,2 milliard dollar söradi
Mozambik Prezidenti Daniel Çapo çorşanba kuni Turkiyaning Antaliya şahrida ötayotgan BMT COP31 iqlim sammitida mamlakatni kuçayib borayotgan iqlim ofatidan himoya qiliş uçun yaqin 10 yil uçun 37,2 milliard dollar zarurligini bildirdi.
U yirik davlatlarni zararli gaz miqdorini kamaytiriş va moliyaviy majburiyatni bajarişga çaqirdi. 2000-2025-yillari kuzatilgan 76 tabiiy ofat tufayli 4,5 milliard dollardan ziyod zarar körgan Mozambik dunyo böylab buğ gazining atigi 0,14 foizini çiqarsa-da, siklon, suv toşqini va qurğoqçilikdan eng köp aziyat çekayotgan davlatlardan biriga aylangan.
Davlat rahbari global isişni 1,5 darajada uşlab turiş maqsadi xavf ostida qolgani, Al-Ninyo hodisasi oziq-ovqat hamda suv tanqisligini kuçaytirişiga eʼtibor qaratdi. Hozir mamlakatda 142 mahalliy moslaşuv rejasi, 1000 dan ziyod favqulodda vaziyatni boşqariş qömitasi faoliyat yuritmoqda. Afrika Ittifoqining tabiiy ofat xavfini boşqariş böyiça vakili sifatida Çapo xalqaro hamjamiyatni qitʼa davlatlariga amaliy va moliyaviy kömakni oşirişga çaqirdi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA