Moskvada qor: 150 yillik rekord yangilandi
Moskvada ob-havo bexos o‘zgardi: poytaxt bir vaqtning o‘zida ikki tarixiy rekordni yangiladi. Aprel oyi so‘nggi kunlarida aholi qor va yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha misli ko‘rilmagan holatga guvoh bo‘ldi.
Rossiya poytaxti oy oxirida qor qalinligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi – 12 sm. Ob-havo ma’lumotchisi Mixail Leus ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagi yozuvni qoldirgan:
– Ertalabgacha poytaxtda 12 sm qor yog‘di! Bu bugungi uchinchi rekord. Moskva 27-aprel kuni hech qachon buncha ko‘p qor ko‘rmagan. Avvalgi rekord 55 yil oldingi 10 sm edi!
Bundan tashqari 27-aprel kechasi Moskvada 16 mm yog‘ingarchilik yog‘di. Bu 1880-yil kuzatilgan 14,7 mm kunlik yog‘ingarchilik rekordidan oshib ketdi.

Sinoptik ta’kidlaganidek, Moskvada yog‘ingarchilik davom etyapti. Shuning uchun yangi rekordning aniq ko‘rsatkichi meteorologik davr tugagach, soat 21:00 dan keyin ma’lum bo‘ladi.
G.Sattorova, O‘zA