Mazkur savol yuzasidan Madaniy meros agentligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasida tashqi reklama va axborot ob’ektlariga (konstrutsiyalariga) doir asosiy talablar belgilab berilgan. Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros ob’ektlarida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan bunday qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, ushbu sohaga oid O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish bo‘yicha javobgarlik yanada kuchaytirilgan.
O‘zA