Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, yangi tartibt atbiq etilmoqda.
Litsenziya olish uchun talablar qaror nizomining 36-ilovasida belgilangan.
E’tiborlisi, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘simliklar himoyasi yo‘nalishida oliy yoki o‘rta maxsus mutaxassislikka, shuningdek, edukarantin.uzonlayn platformasida malaka oshirgani to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lishi kerak.
Buning uchun edukarantin.uz saytidan yagona identifikator orqali ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirish talab etiladi.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar sertifikat asosida pullik xizmat ko‘rsatishlari mumkin.

Litsenziyani olish uchun ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” avtomatlashtirilgan tizim (licnct.gov.uz) orqali 5 fevral sanasidan qabul qilinadi.
Litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari importi esa bundan buyon ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Bunda talabgor elektron raqamli imzodan foydalangan holda ruxsatnomani olish uchun “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi (singlewindow.uz) orqali bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirib, mahsulot olib kirilishidan 30 kun oldin murojaat qilishi talab etiladi.
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/cQz6ROcjCrE" title="Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar endi litsenziya asosida sotiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sh.Mamaturopova, O‘zA