Xorazm viloyati Urganch shahrida “Inson – jamiyat – davlat” konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirish: milliy va xorijiy tajriba” deb nomlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya ish rejasiga binoan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Barqaror rivojlanish markazi” NNT, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ko‘magida tashkil etildi.

Maqsad, inson, uning hayoti, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmati hamda “Davlat – inson uchun” va “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha milliy va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, muhokama qilish va mazkur tamoyillarni konstitutsiyaviy qonunchilik va amaliyotda mustahkamlash borasida har tomonlama asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Oflayn va onlayn formatlarda o‘tkazilgan konferensiyada xorijiy davlatlar va O‘zbekiston konstitutsiyaviy taraqqiyoti qiyosiy tahlil qilindi, bildirilgan fikr-mulohazalar asosida Urganch deklaratsiyasining loyihasi qabul qilindi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy va xorijiy tajriba