Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan biologiya va kimyo fanlaridan yangi formatda milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 22 sentyabr kuni aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi.

Bunda biologiya va kimyo fanlaridan tayyorgarlik ko‘rayotgan va ushbu fanlardan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinadi. Bunda my.uzbmb.uz havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Biologiya va kimyo fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Nukus shahri, viloyatlar markazi hamda Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib (hududlarda har bir fandan 60 nafar), hududlar uchun belgilangan o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish yakunlanadi. Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul.

Biologiya va kimyo fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy sertifikat uchun biologiya va kimyo fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi