“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Ertaga, 29-sentabr kuni Jizzax shahrida “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi.
Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik sanoat korxonalari va buyurtmachilarni bir maydonda jamlab, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli hamkorliklarni shakllantirish uchun amaliy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirda avtomobilsozlik uchun detallar, butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar, uskunalar hamda zamonaviy texnologik yechimlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.
O‘zA