Milliy qadriyatlar targ‘ib etildi
FOTOREPORTAJ
Namangan davlat texnika universiteti tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlashga qaratilgan “Milliy parad” loyihasi tashkil etildi.
Tadbir doirasida 1000 nafardan ziyod talaba-yosh milliy liboslarda universitet hududidan “Afsonalar vodiysi” maskanigacha tantanali yurish qildi. Ushbu jarayonda milliy liboslarning o‘ziga xos jihatlari keng jamoatchilikka namoyish etildi. Paradda universitet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilarning ishtiroki tadbirning ma’naviy ahamiyatini yanada oshirdi.
“Milliy parad”ning mantiqiy davomi sifatida “Afsonalar vodiysi” bog‘i hududida “O‘zbegim yoshlari” sayli o‘tkazildi. Unda talaba-yoshlar milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini namoyon etdi.
— Bugungi kunda milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etmoqda, - deydi universitet rektori, professor Oybek Ergashev. — Bunday tashabbuslar orqali tarixiy merosimizni ulug‘lash bilan birga, yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashga erishamiz.
[gallery-28526]
Shuningdek, Yangi Namangan tumani madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir ishtirokchilarda yorqin taassurotlar qoldirib, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA