Milliy özligimiz va şonli tariximizning ifodasi
Özbekiston Respublikasining davlat bayroği qabul qilinganiga 35 yil tölgani munosabati bilan Nurafşon şahrida örnatilgan, balandligi 62 metrni taşkil etgan Özbekiston Respublikasi davlat bayroği oldida Toşkent viloyati faollari, senatorlar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, hudud aholisi va yoşlar jam böldi.
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq” şiori ostida taşkil etilgan bayram tadbirida sözga çiqqan viloyat hokimi örinbosari Jamşid Babajanov barçani samimiy tabriklab, Davlat bayroği xalqimizning ozodligi va erkinligi, milliy ğururi, Vatanga sadoqati hamda yagona maqsad yölidagi birdamligining yorqin timsoli ekanini taʼkidladi.
Qayd etiş joiz, joriy yilda ham mamlakatimiz böylab anʼanaviy “Bayroq estafetasi” keng kölamda davom etmoqda. Kuni keça muqaddas bayroğimiz viloyat jamoatçiligi, nuroniylar, yoşlar va keng aholi iştirokida tantanali ravişda qabul qilib olindi. Uşbu tadbirlarda Davlat bayroğiga bölgan yuksak hurmat va ehtirom, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusi hamda faxr-iftixor tuyğulari namoyon böldi.

Tadbirda Özbekiston xalq şoiri, senator Mahmud Toir ham sözga çiqib, Davlat bayroğimiz mustaqilligimiz, xalqimiz ğururi, milliy özligimiz va şonli tariximizning ifodasi ekanini taʼkidladi. U Vatan va ezgu insoniy qadriyatlarni madh etuvçi şeʼrlaridan namunalar öqidi.
Sanʼatkorlarning çiqişlari tadbirga yanada kötarinki ruh bağişlab, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat bağişladi.
A.Musayev,ÖzA