Bugunning şukuhi: yurtimiz köçalarida mağrur hilpiragan Vatan bayroği
Xalqimizning ozodligi, mustaqilligi, milliy özligi va ezgu orzu-intilişlarini özida mujassam etgan Davlat bayroği muqaddas ramzlarimizdan biridir.
Yoş avlod qalbida ona yurtga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat va daxldorlik tuyğusini kuçaytiriş, milliy ğurur hamda vatanparvarlik hissini yuksaltiriş maqsadida Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan 18-noyabr kuni Toşkent şahrida ham bayramona tadbirlar taşkil etildi.
Poytaxtimizning markaziy köçalari böylab Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi Qorovul qöşinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiya harbiy bölinmalarining Davlat bayroği bilan tantanali piyoda yurişi ötkazildi. Harbiy xizmatçilar «Ğalaba boği» – Özbekiston davlat tabiat muzeyi – «Çorsu» bozori – Toşkent sirki – Özbekiston şoh köçasi va Furqat köçasi yönalişi böylab «Xalqlar döstligi» sanʼat saroyi maydoniga yetib keldi.
Davlat madhiyasi sadolari ostida boşlangan tantanali marosimda faxriy qorovul jamoasi va qöl jangi ustalarining körgazmali çiqişlari, harbiy bölinmalarning jangovar çaqiriqlari hamda harbiy orkestrning musiqiy dasturi namoyiş etildi.
– Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda taşkil etilgan bugungi bayramona harbiy yuriş bizga katta zavq bağişladi, – deydi Bojxona instituti kursanti Diyorbek Dilmurodov. – Bojxona qömitasi tizimidagi institutimiz kursantlari ham uşbu tadbirda faol iştirok etdi. Davlat bayroği nafaqat milliy ramzimiz, balki har birimiz uçun faxr va iftixor manbaidir. Uning madhiya sadolari ostida hilpiraşi qalbimizda Vatanga bölgan muhabbat va sadoqat tuyğularini yanada mustahkamlaydi. Bojxona çegaralari orqali yurtimizga kirib kelayotgan har bir inson, avvalo, davlatimiz bayroğini köradi. Sportçilarimiz esa xalqaro musobaqalardagi ğalabalarini bayroğimizni yuksaklarga kötariş orqali nişonlaydi. Bu ham milliy ramzimizga bölgan hurmat va ehtiromimizning yorqin ifodasidir.
[gallery-32592]
– Biz bugun bayroğingiz qabul qilingan kun nişonlanayotganidan bexabar edik. Köçadagi musiqa sadolari va bayramona namoyişlarga qiziqib, ular ortidan ergaşdik. Şu tariqa bu yerda köplab insonlar jam bölganiga guvoh böldik, – deydi fransiyalik sayyohlar Matteo va Luvanna. – Bayramona muhit bizga juda yoqdi. Harbiylarning çiqişlari va otliqlar paradini tomoşa qilib, tadbir iştirokçilari bilan birga quvonçli lahzalarni his etdik. Juda gözal manzaraning guvohiga aylandik.
Ayniqsa, bayroğingizdagi kök va yaşil ranglar eʼtiborimizni tortdi. Biz bu ranglarni juda yaxşi köramiz. Taşkil etilgan tadbirlardan katta taassurot oldik.
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Farhod ABDURASULOV (surat),
Yoqub MELIBOYEV (video), ÖzA