Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasining asosiy maqsadi xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishishni ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan e’tiborlidir.

Hujjatda qayd etilganidek, shu yilning o‘zida yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atini 6 foizdan kam bo‘lmagan darajada bo‘lishi,  iqtisodiyotga 275 trillion so‘m kredit resurslarini yo‘naltirish, shu jumladan, 41 trillion so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Bu yuksak vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda tadbirkorlik – biznes  milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili, deb belgilangan. Xususan, “Biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida 2024 yil yakuniga qadar kompleks qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali kamida 200 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, 90 mingta korxona va 110 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratilishi belgilangan.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 15 noyabrdagi “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini o‘qitish orqali ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va maslahat tizimini yo‘lga qo‘yish va “oilaviy tadbirkor – mikrobiznes – kichik biznes – o‘rta biznes” zanjiri asosida faoliyatini kengaytirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Jahon tajribasi asosida tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish bo‘yicha kompleks tizimni yaratish maqsadida «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilmoqda. Hozirgacha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faqat kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelardi. Ushbu farmon bilan o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari ham bu imkoniyatdan foydalanadigan bo‘ldi. Endi yangi xizmat turlari joriy etilib, mavjudlari yanada kengaytiriladi. Bu tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda ulushdor bo‘lib kirish, banklarga resurs ajratish, portfel kafilliklar taqdim etish kabi bir qator yangi xizmat turlarini joriy etish imkoniyatini  berdi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ushbu  yilning 20 yanvaridagi "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ham kichik va o‘rta biznesning xalqaro bozorlarga chiqishi imkoniyatlarini kengaytirish, mikro moliyalashtirishni rivojlantirish yangi vositalarini amaliyotga joriy etish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

“Biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida 2024 yil yakuniga qadar kamida 200 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, 90 mingta korxona va 110 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini ta’minlash  ham rejalangan.

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da tadbirkorlarga yangi qulayliklar yaratiladi. Mamlakat iqtisodiyotiga 275 trillion so‘mlik kredit resurslarini yo‘naltirish, shu jumladan, 41 trillion so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlanishi, banklar tomonidan taqdim etiladigan kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida 2-3 foiz bandga pasaytirish  ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekistonda Prezident qarori asosida 2024 yil 1 fevraldan boshlab “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi” ham tashkil etildi. Reytingga ko‘ra, tadbirkorlar faoliyati davri, rentabellik darajasi, to‘lov intizomi, aholi bandligidagi o‘rni va ish haqi kabi 23 ta mezon asosida 4 ta toifa belgilangan. Bu ko‘rsatkichlar soliq, adliya va sud organlari ma’lumotlari asosida shakllanatiriladi. Har bir tadbirkor o‘z o‘rni va bahosini aniq vaqtda bilib borishi mumkin bo‘ladi.

Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun barcha soliq tekshiruvlari bekor qilinadi, qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori bir kunda va boshqa soliq turlari bo‘yicha ortiqcha to‘lov uch kunda qaytarib beriladi. Mahsulotlarni import qilishda va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini bojxona va soliq organlarida o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi. Kim oshdi savdolarida olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini bo‘lib to‘lash muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi. Bunda kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga yillik foizlar hisoblanmaydi.

Bunday reyting shuning uchun ham muhimki, endi tadbirkorlar faoliyatiga soliqchilar emas, elektron tizim baho beradi. Kelgusida subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ushbu reytingdan kelib chiqib beriladi. Ko‘rsatkichi past bo‘lganlar intizomli tadbirkorlar safiga kirish va ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lish uchun harakat qiladi.

Yana bir tomoni, bu reyting tadbirkorlarga o‘z hamkorlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot beruvchi himoya tizimiga aylanadi. Ya’ni shubhali shartnomalar va insofsiz raqobatga chek qo‘yilib, “yashirin” iqtisodiyot qisqaradi.

Bularni hisobga olgan holda  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi”da eng yuqori o‘rinlarni egallaganlar tajribasini ommalashtirish belgilanishi o‘z ifodasini topishi maqsadga muvofiq bo‘lardi, degan fikrdamiz.

Erkin ERNAZAROV,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillari