Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan tog‘ yonbag‘irlaridagi tog‘-chang‘i kurort maskanlari bugun hamyurtlarimiz va xorijlik mehmonlar tashrifi bilan to‘lib toshgan.
Barcha fuqarolar dam olish uchun yaratilgan sharoitlardan mamnun. Bolajonlar qor ustida chang‘i uchishib, shodu xurramlikda vaqtlarini mazmunli o‘tkazishmoqda.
Ularning maroqli hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish, xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamkorlikda xizmatlar tashkil etilgan.
Albatta, ushbu maskanlarga tashrif buyuruvchilarning qor ustida va muzli yo‘laklarda harakatlanishi ular uchun qiyinchiliklar tug‘dirishi tabiiy hol. Bundan tashqari odamlar ko‘p yig‘ilgan va turli qorli chang‘i uchish va boshqa o‘yin maydonlarida bolajonlarga ko‘proq e’tibor qaratilishi lozim. Shunday hollarda huquq-tartibotni saqlovchi xodimlarning ko‘maklari ularga asqatmoqda.
— Xodimlar fuqarolarimizning bayramona kayfiyatda bo‘lishlari uchun xizmatni piyoda, patrul mashinasi va otlarda sergaklik bilan olib bormoqda, — deydi Milliy gvardiya ofitseri Mastona Hojixonova. — Jamoat tartibi va ekologiya qoidalarini buzgan fuqarolarga shu joyning o‘zida bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortilmoqda.
Zero, olib borilayotgan mazkur ishlar tog‘-chang‘i kurort maskanlariga tashrif buyurgan hamyurtlarimiz va sayyohlarning xavfsiz hordiq chiqarishini ta’minlashdan iborat.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/73aeefhLMjw" title="Milliy gvardiya: sayyohlarning xavfsiz xordiq chiqarishlari ta’minlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, O‘zA