Inson uchun Vatan, ota-ona, oila qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrlidir.

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylikdir. Taassufki, mustabid tuzum davrida millat ruhi, g‘ururi bo‘lmish o‘zbek tilining mavqeini pasaytirishga urinishlar ko‘p bo‘ldi. 

Millat oydini, ma’rifatparvar adib Abdulla Qodiriy «O‘zbek tili kambag‘al til emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar», degan xitobi bilan o‘tmishning achchiq sitamlarini namoyon etdi. Ana shunday ona tiliga bo‘lgan bepisandlikka qaramay, xalqimiz o‘z milliy tilini saqlab qoldi. 1989 yil 21 oktyabr kuni qabul qilingan «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, o‘zbek tili davlat tili, deb e’lon qilindi.

Mazkur tarixiy sanadan o‘ttiz yil o‘tib, ona tilimizni e’zozlash yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezidentimiz 2020 yil 20 oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Ushbu tarixiy hujjat ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirishga keng yo‘l ochmoqda. Shuningdek, davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu yo‘nalishda 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va alohida dastur hayotga joriy etilmoqda.

Quvonarlisi, oxirgi yillarda yurtimizda davlat tiliga bo‘lgan e’tibor har qachongidanda kuchaydi. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, azim poytaxtimiz markazidagi Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyoboni bunyod qilinishi, hududlarda ijod maktablari tashkil etilishi, yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish borasidagi ishlarni tartibga soladigan Atamalar komissiyasini tuzilishi va Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha alohida tuzilma ta’sis etilgani o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishda muhim bosqich bo‘ldi. Mazkur Markazda va joylarda davlat tilini o‘rgatish kurslari ish olib bormoqda, unda turli millat vakillari bu go‘zal va jozibali tilimizni katta ishtiyoq bilan o‘rganishmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 21 oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigi: «Hammamizga ayonki, ko‘p millatli xalqimizni yuksak ma’rifatli jamiyat barpo etishdek ezgu maqsad yo‘lida jipslashtirish, yurtdoshlarimiz qalbiga yagona Vatan, umumiy farovon kelajak tuyg‘usini singdirishda o‘zbek tili birlashtiruvchi ahamiyatga egadir. Shu bois, Yangi O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi yuksalish davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha belgilab olgan vazifalarimizni izchil davom ettirishimiz lozim», o‘zbek tilining Vatanimiz taraqqiyotidagi ahamiyatini bayon etdi.

Ayniqsa, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilk marta o‘zbek tilida nutq so‘zlashi ona tilimizning nufuzi va mavqeini yanada oshirdi. Xalqaro hamjamiyat tomonidan «Navoiy tili» deb e’tirof etiladigan ona tilimizning jahonda e’tirof etilishi nihoyatda katta va muhim tarixiy voqelik bo‘ldi. Bu har bir yurtdoshimiz ko‘nglida g‘urur-iftixor tuyg‘usini yanada oshirdi.

Shu o‘rinda mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning quyidagi so‘zlari e’tiborga molik: «Ko‘ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so‘z bil», ya’ni inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so‘zdir, deganida tilning nainki muloqot, balki dillarni bog‘lovchi vosita ekaniga urg‘u bergan.

Ma’rifatparvar Abdulla Avloniy bobomiz aytganidek: «Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur». Zero, ona tili har bir millatning ruhi, davlatning timsoli.

Darhaqiqat, Qur’oni karimda odamlarning tili va rangidagi farqlar Alloh taoloning hikmati ekani ko‘p bor bayon etilgan. Dunyodagi turli-tumanlik Yaratganning irodasi bilan bog‘liq. Alloh dastlab odamzodni bir ota va bir onadan yaratdi, so‘ngra ularni turli millat va elat hamda xalqlarga ajratdi. Bu borada Qur’oni karimda bunday deyiladi: «Ey, insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo‘ydik» (Hujurot surasi, 13-oyat).

Ma’rifatparvar Ishoqxon Ibrat: «Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat — bu vataniy ishdir».

Demak, til ham inson uchun muhim omil, aziz va qadrli unsurlar qatorida bo‘lib, sof saqlash barchamizning insoniy burchimizdir. Har qanday tilga, xususan, ona tiliga, biror darajada bo‘lsin, nopisandlik yoki kamsitish bilan qarash inson va el qadriga hurmatsizlik, inson va xalq hamiyatiga daxl qilish bo‘lib, kishilar ko‘nglini og‘ritishi tabiiydir. Ona tilidagi sobitlik har bir davrda dolzarb bo‘lgan.

Shuni unutmaylikki, davlat tilining rivoji qaysidir idora, qaysidir tashkilot zimmasigagina yuklangan vazifa emas, balki shu tilda so‘zlovchi, shu yurtda yashovchi har bir kishining zimmasidagi ulkan mas’uliyatdir. Demak, bizning eng asosiy vazifamiz ana shu bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatni hamisha asrab-avaylab, butun nafosati bilan dunyoga tanitishdir. Shundagina biz o‘zimizga ato etilgan til ne’matining shukrini ado qilgan bo‘lamiz. Bu ulkan vazifani bajarishga esa barchamiz birdek mas’ulmiz.

Shu ma’noda, diniy sohada ham ona tili chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent islom instituti, «Mir Arab» oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 10 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘zbek tili puxta o‘qitiladi, talaba-yoshlarga tilimiz sofligi va jozibasini namoyon etish maqsadida muntazam ravishda ma’rifiy dars va tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, hududlarda maxsus ilmiy maktablar tashkil etilgan bo‘lib, jumladan, Farg‘onada «Fiqh», Samarqandda «Kalom» va «Hadis», Qashqadaryoda «Aqida» va Buxoroda «Tasavvuf» maktablari, bundan tashqari, yurtimizda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk allomalarimiz nomidagi ilmiy tadqiqot markazlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu muassasalarda buyuk allomalarimizning asarlarini o‘rganish, tadqiq qilish bilan birga, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi.

Xulosa o‘rnida ona tili xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, dini, urf-odat, an’analarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har bir soha vakili tilimizga chuqur hurmat bilan yondashi lozim. Zero, til bor ekan, millat barhayotdir.

Zafar XAYRULLAEV,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millatning ruhi va timsoli