Xitoy Fanlar akademiyasi (IMCAS), Xitoyning Pekin shahridagi Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti (IMUAS) o‘rtasidagi qo‘shma hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida 2019 yil 21 oktyabrda Memorandum imzolangan edi. Ushbu memorandumga ko‘ra “IMCAS-IMUAS mikrobli resurslar va biotexnologiyalar qo‘shma laboratoriyasi”ni tashkil etish maqsad qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida ikki mamlakat mikrobiologlari hamkorligi asosida tashkil etilgan “IMCAS-IMUAS mikrobli resurslar va biotexnologiyalar qo‘shma laboratoriyasi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Dastlab Xitoydan institutga beg‘araz yordam sifatida keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalar namoyishi o‘tkazildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti zamonaviy asbob-uskunalar bazasiga ega. Ammo molekulyar biologik tadqiqotlar, xususan, genomlar sekvensi va tahlili sohasida orqada qolmoqda. Shu ma’noda, xitoylik mikrobiologlar va bioinformatiklar zamonaviy darajada qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish uchun to‘plangan tajribalarini taqdim etishlari mumkin.  

– Dunyoda ilmiy darajasi yuqori bo‘lgan Xitoy fanlar akademiyasi mikrobiologiya institutining biz bilan hamkorlik qilishi ilmiy tomondan yutuqlarga erishishimizda yordam bo‘ladi, – deydi Mikrobiologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nodira Azimova. – Institutimizda 3 mingga yaqin noyob mikroorganizmlar saqlanadi. Ularning hammasi sanoat, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi uchun foydali mikroorganizmlar shtammlari hisoblanadi. Xitoydan keltirilgan asbob-uskunalar yordamida yurtimizdagi Orolbo‘yi, Surxondaryo, Qizilqum kabi noqulay ob-havo sharoitiga ega bo‘lgan hududlardagi mikroorganizmlarning biotexnologik imkoniyatlari o‘rganiladi.  

Tashkil etilgan qo‘shma laboratoriya doirasida qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va sanoat maqsadlarida O‘zbekiston va Xitoyning ekstremal yashash joylaridan mikroorganizmlar kulturalarining kolleksiyasi yaratiladi.  

Qo‘shma laboratoriya tadqiqot faoliyati doirasida ilmiy xodimlar va talabalar almashinuvi, ilmiy-texnik treninglar, ikki tomonlama seminarlar, qo‘shma nashrlarni amalga oshirish ishlari rejalashtirilmoqda.  

 <iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/4NKQbFCyMws" title="Mikrobiologiya sohasini rivojlantirish maqsadida Xitoy bilan qo‘shma laboratoriya ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, A.Sodiqov (video) O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mikrobiologiya sohasini rivojlantirish maqsadida Xitoy bilan qo‘shma laboratoriya ochildi (+video)