Meloni Tramp bayonotini inkor etdi
Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni AQSH Prezidenti Donald Trampning G7 sammiti davomida u bilan tushgan surati haqida aytgan fikrlarini qat’iy inkor etdi.
Ma’lum qilinishicha, Tramp Italiyaning “La7” telekanaliga bergan intervyusida Meloni undan birga suratga tushishni juda xohlagani va hatto, iltimos qilganini aytgan. O‘z roziligini esa rahmdilligi bilan izohlagan.
Bu bayonotga munosabat bildirgan Jorja Meloni prezidentning gaplarini o‘ylab topilgan, deya baholadi.
– Trampning bayonoti haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, – dedi Meloni ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan video murojaatida. – Bu gapdan hayratdaman. AQSH Prezidenti o‘z ittifoqchisiga nisbatan bunday munosabatda bo‘layotganini tushunish qiyin. Eslab qolish kerak: na men va na Italiya hech qachon birovdan iltimos qilmaydi.
D.Hakimov, O‘zA