Meksika terma jamoasida jahon chempionatidan so'ng murabbiy o'zgaradi
«Barselona» klubining sobiq himoyachisi Rafael Markes JCh-2026 dan so‘ng Meksika milliy terma jamoasini boshqaradi.
47 yoshli murabbiy ayni damda 67 yoshli Xavyer Agirrening murabbiylar shtabidan joy olgan. 2024-yilda Meksika futbol federatsiyasi (FMF) Rafaelning kataloniyaliklar o‘rinbosarlari jamoasidan Meksika terma jamoasiga o‘tishi uchun «Barselona»ga 2 million yevro tovon puli to‘lagan edi.
«Rafael bilan shartnoma imzolab bo‘lingan. U murabbiy yordamchisi sifatida ham, bosh murabbiy sifatida ham futbolchilik davridagidek qolgan: u jamoani butunlay o‘zgartira oladi», — deya xabar berdi FMF direktori Duilio Davino Fox Sports efirida.
Meksika terma jamoasi JCh-2026 musobaqasining mezbonlaridan biri sifatida "A" guruhidan o'rin olgan. Ularning raqiblari - Chexiya, Janubiy Afrika va Janubiy Koreya.