Bugun oʻquv yili yakuni munosabati bilan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

Bugun oʻquv yili yakuni munosabati bilan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari onlayn tarzda tashkil etilmoqda. Odatda bu kunda oʻquvchilar navbatdagi oʻquv yilini muvaffaqiyatli tamomlab, yangi orzu-maqsadlar bilan qalbi hayajonga toʻlsa, ularga taʼlim bergan ustozlar shogirdlarining yil davomida erishgan yutuqlarini faxr bilan tilga oladi. Ayni sanadan foydalanib, koʻp sonli ota-onalar nomidan qalbi daryo muallimlarning mashaqqatli mehnatini eʼtirof etishni joiz bildim.

Uch nafar farzandim maktabda oʻqiydi. Karantin sabab joriy oʻquv yilining IV choragini onlayn yakunladik. Farzandlarim televideniye orqali namoyish etilgan televizion darslarni kuzatib, oʻqituvchilari koʻmagi bilan oʻquv mashgʻulotlarini, fanlarni yaxshi oʻzlashtirishga harakat qildi. Masofaviy taʼlim, albatta biz, ota-onalarni farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasiga yana-da eʼtiborli boʻlishga, ular bilan koʻproq ishlashga undadi. Bu jarayonda sharafli kasb egalari – oʻqituvchilarning mehnati naqadar mashaqqatli ekanligini yana-da chuqur his etdik. Ish, roʻzgʻor tashvishi bilan boʻlib, oʻz oʻgʻil-qizimizga biror bir darsini tushuntirib bergunimizcha asabimiz dosh bermay qoladi, baʼzida. Anglaganimiz, 20-30 bolaning koʻngliga bir xilda yoʻl topish, ularning kayfiyatiga qarab moslashish, bilim berish yuksak mahorat va ulkan sabrni talab etar ekan. Hammaga ham nasib etmaydigan bu mahorat yosh avlod taʼlim-tarbiyasi uchun umrini baxshida etgan fidoyi oʻqituvchi va murabbiylardagina bor.

Bugun vaziyat taqozosi bilan huvullagan sinf xonalari bolalar va ularning kulgusi bilan nurafshon boʻlishini orziqib kutayotgan, bir-biridan bilimdon oʻquvchilari diydorini sogʻingan ustozlarga fidokorona mehnatingiz uchun tashakkur, deymiz. Kelajak vorislarini tarbiyalashdek, sharafli yoʻlda tolmang.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehri daryo ustozlarga tashakkur!