Mediata’lim rivojiga bag‘ishlandi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Axborotlashgan jamiyatda yoshlar media-savodxonligini oshirish” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Axborotlashgan jamiyatda yoshlar media-savodxonligini oshirish” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda yigit-qizlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Mediata’lim asoslarini o‘quv dasturlariga kiritish, bolalarga maktabgacha ta’lim jarayonida uni interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, yosh avlodda axborot oqimi kuchaygan hozirgi zamonda zarur axborotni tanlash va ularga tanqidiy-tahliliy yondashish imkonini beradi.
Tadbirda yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda mediata’limning o‘rni, bu boradagi xorijiy tajriba, yigit-qizlar o‘rtasida muloqot madaniyatini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining ta’siri, yoshlarni axborot xurujlaridan himoya qilish, internetdan foydalanish madaniyatini kuchaytirish kabi dolzarb mavzularda fikr almashildi.