Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Maykl Pompeo 2-fevral kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

photo_2020-02-02_18-25-24.jpg

Ikki kun davom etadigan tashrif davomida AQSH Davlat kotibi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishi koʻzda tutilgan. Maykl Pompeo va Abdulaziz Komilov 2018-yil may oyida Vashington shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi Oʻzbekiston - AQSH sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar bajarilishining borishini muhokama qiladilar, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Maykl Pompeo ertaga, 3-fevral kuni Toshkentda “Markaziy Osiyo – AQSH” (“C5+1”) shaklidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.

photo_2020-02-02_18-25-25.jpg

photo_2020-02-02_18-25-20.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maykl Pompeo Toshkentga keldi