Markinyos sovrinlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi
Parijliklar hal qiluvchi bahsda Angliyaning «Aston Villa» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
«PSJ» himoyachisi va sardori Markinyos Fransiya klubi bilan 2026 yilgi UEFA Superkubogida g‘alaba qozonganidan so‘ng faoliyatidagi 42-sovrinni qo‘lga kiritdi.
Parijliklar hal qiluvchi bahsda Angliyaning «Aston Villa» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, 32 yoshli braziliyalik futbolchi dunyoda eng ko‘p sovrin yutgan o‘yinchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Markinyos «Barselona» va Braziliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Dani Alvesni ortda qoldirdi. Alves faoliyati davomida 41 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Ro‘yxatda «Inter Mayami» va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi 46 ta sovrin bilan peshqadamlik qilmoqda.
Markinyos faoliyati davomida 11 marta Fransiya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u 2 marta Chempionlar ligasida, 1 martadan Libertadores kubogi va Amerika kubogida g‘olib chiqqan.
Bundan tashqari, braziliyalik himoyachi 8 marta Fransiya kubogi, 10 marta Fransiya Superkubogi va 6 marta Fransiya Liga kubogini qo‘lga kiritgan.