Markaziy Osiyo atrof-muhitidagi o‘zgarishlarning yagona mintaqaviy atlasi yaratiladi (+video)
Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Mintaqaviy ekologik sammit Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ekologik hamkorlikni sifat jihatidan yanada yangi bosqichga ko‘taradi. Sammitda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar mintaqa ekologik siyosatida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, barqaror yashil taraqqiyotga erishishda alohida ahamiyatga ega.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekofraksiya a’zosi Oybek Rahimov o‘z munosabatini bildirdi.
Deputat qayd etganidek, O‘zbekiston ekologik barqarorlikni shakllantirish bo‘yicha aniq maqsadli va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
«Yashil makon» loyihasi doirasida qariyb 1 milliard tup daraxt va buta ekildi. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektardan ortiq maydonda o‘rmonzorlar barpo etilib, yangi «yashil belbog‘»lar yaratilmoqda.
Suvni tejash borasidagi keng ko‘lamli sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekiston yiliga 10 milliard kub metr suvni iqtisod qilmoqda.
Davlat rahbarining har bir taklif va tashabbusi mintaqa ekologiyasi barqarorligiga xizmat qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XeaubF67DPE" title="Markaziy Osiyo atrof-muhitidagi o`zgarishlarning yagona mintaqaviy atlasi yaratiladi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova, Ulug‘bek To‘xtayev(video), O‘zA