“Markaziy Osiyo yashil belbog‘i” mintaqaviy loyihasini amalga oshirish taklif etildi
Iqlim o‘zgarishi va cho‘llanish jarayonlari Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ekologik muammolar oqibatini yumshatish maqsadida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelinmoqda. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar yashil qoplamali himoya o‘rmonzorlari yaratildi.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha yashillik darajasini 30 foizga yetkazish bo‘yicha katta marra olingan.
Ayni paytda Osiyo taraqqiyot banki ham 2030-yilgacha mo‘ljallangan iqlim sohasida Harakatlar rejasini samarali amalga oshirib kelayotgani ta’kidlandi. Bank ajratayotgan yillik mablag‘larning 50 foizdan kam bo‘lmagan qismini iqlim loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirmoqda.
–O‘ylaymanki, bunday ezgu sa’y-harakatlarni bank va mintaqa mamlakatlari bilan birgalikda ro‘yobga chiqarsak, natijasi yanada yuqori bo‘ladi. Shu bois, “Markaziy Osiyo yashil belbog‘i” mintaqaviy loyihasini amalga oshirishni taklif etamiz”, – dedi Prezidentimiz.
O‘zA