Maʼrifatga eltuvçi maskan
Bugungi kunda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, yoş avlod qalbida mutolaaga mehr uyğotiş, milliy adabiyotimizning boy merosini keng tarğib etişda axborot-kutubxona muassasalarining örni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zero, kitob inson tafakkurini boyitib, maʼnaviy olamini yuksaltiruvçi, uni ezgulik va maʼrifat sari yetaklovçi bebaho manbadir.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi ana şu ezgu maqsadlar yölida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda kitobxonlarga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari körsatiş bilan birga, turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, adabiy uçraşuvlar, kitob haftaliklari, yoş kitobxonlar tanlovlari va yangi naşrlar taqdimotlari muntazam taşkil etilmoqda.
Markaz viloyatning faol madaniy-maʼrifiy maskanlaridan biri sifatida kitobsevarlar, ijodkorlar va keng jamoatçilikni öziga jalb etib keladi. Bu dargohda yoşidan qatʼi nazar, barça kitobxonlar uçun mutolaa qiliş, bilim oliş va ijodiy salohiyatini namoyon etiş imkoniyatlari yaratilgan.
Ayniqsa, mahalliy ijodkorlarning yangi asarlarini keng jamoatçilikka taniştiriş, yozuvçi va şoirlar bilan kitobxonlar örtasida jonli muloqotni yölga qöyiş markaz faoliyatining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bunday uçraşuvlar adabiyotga bölgan qiziqişni oşiriş, ijodkorlar va kitobxonlar örtasidagi maʼnaviy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
[gallery-32730]
Kitob va mutolaa tarğibotiga qaratilgan bu kabi taşabbuslar yoş avlodni maʼrifatli, bilimdon va yuksak maʼnaviyatli etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA