Marat Jumayev – O‘zbekiston chempioni
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasi bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada eng kuchli yigirma uch nafar shaxmatchimiz o‘zaro bahslashdi.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasi bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada eng kuchli yigirma uch nafar shaxmatchimiz o‘zaro bahslashdi.O‘n uch partiyadan iborat erkaklar musobaqasida xalqaro grossmeyster Marat Jumayev 8 ochko jamg‘arib, shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Tajribali shaxmatchi Ulug‘bek Tillayev, Akmal Fayzullayev, Bahodir Xolmirzayev, Nodirbek Abdusattorov, Ibrohim Karimov, Shamsiddin Vohidovni mag‘lubiyatga uchratib, to‘rtta partiyada durang o‘ynadi.
6 ochko jamg‘argan Akmal Fayzullayev qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni, Shamsiddin Vohidov uchinchi o‘rinni egalladi.
To‘qqiz turdan iborat xotin-qizlar bahsida 6,5 ochko jamg‘argan xalqaro sport ustasi Sarvinoz Qurbonboyeva oltin medal bilan taqdirlandi. 6,5 ochkoga ega yana bir mahoratli shaxmatchi Irina Gevorkyan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan yarim ochko kam jamg‘argan Bahora Abdusattorova uchinchi o‘ringa loyiq topildi.