9 fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiyning qimmatli merosi jahon va mamlakatimiz olimlari, adabiyot muxlislarining doimiy e’tiborida. Bu ma’rifiy meros asrlar o‘tsa hamki, insoniyatni ezgulikka, poklik, halollik, tinchlik va osoyishtalikka, hamjihatlikka da’vat etib kelmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktorining o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori, professor, atoqli navoiyshunos olim Maqsud Asadov bu haqda O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:

–Necha asrlar o‘tsa hamki, Alisher Navoiy ma’naviy merosining jozibasi, ahamiyati sira o‘zgarmagan. Buning sabablarini qanday izohlagan bo‘lar edingiz?

– Navoiy – xalqimizning ma’naviy, axloqiy qadriyati darajasiga yuksalgan bebaho zot! Navoiy – millat tamadduni tarixida alohida iz qoldirgan muhtaram va muhtasham siymo. Millatimizning o‘ziga xos tashrif qog‘ozi, xalqimiz ruhiyati, o‘zligining mukammal va bemisl timsolidir. Shu ma’noda,

Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur,

Muayyan turk ulusi xud meningdur, 

– deya ulug‘ shoir bejizga lutf etmagan. Bu “muayyan turk ulusi” orasida ma’lumu mashhurlikdan faxr tuyish hissigina emas, balki turkiy xalqlarning ma’naviy qadriyatlari, birlik, yakdillik, o‘zaro birdamlik tuyg‘ulari, yuksak axloqiy tamoyillarini o‘zlik tajassumi ila badiiy bo‘yoqlarda tasvirlagan komil shaxsiyat sohibining chinakam iqroridir. Men uchun Navoiy haqiqat mayog‘ini asrlar osha baland ko‘tarib, hamiyat, himmat, qanoat, adolat, oqibat kabi qator nekbin tuyg‘ularni ham axloqiy qiyofasida, ham o‘lmas asarlarida ko‘z-ko‘z etib, dadil qadam tashlab kelayotgandek tasavvur uyg‘otaveradi. 

Jahon tamadduniga o‘z ilg‘or g‘oyalari bilan o‘chmas iz qoldirgan bu betakror zot insoniyatni birdamlikka da’vat etayotgani bilan ham cheksiz ehtiromga loyiqdir. Ulug‘ shoir asarlarida turli millat va elat vakillari obrazini, ularning madaniyati, urf-odatlari, xarakter xususiyatlariga xos jihatlarni ko‘ramiz. Jumladan, Farhod – chinlik, Shirin – arman o‘lkasidan, Majnun va Layli – arab, Sa’d – shahrisabzlik va hokazo. Navoiy millat ajratmaydi, qavm va urug‘larning birini ikkinchisidan ustun qo‘ymaydi, kamsitmaydi – insonlarni bir butunlikda, og‘a-ini, do‘st-birodar, qavm-qarindosh o‘laroq tavsiflaydi va ulug‘laydi. Jahon xalqlari buyuk mutafakkir shaxsiyati va ijodiyotiga qiziqishining, ehtiromining sabablaridan biri ham, aslida, shu! 

Ijtimoiy hayotdagi faolligi, adabiy jarayondagi yetakchiligi Navoiy shaxsiga bo‘lgan hayratimizni yanada oshiraveradi. Bunday uyg‘unlik, bu qadar mukammallikni tarix zarvaraqlaridan hamisha ham topish qiyin, albatta. Obodonchilik, bunyodkorlik ishlari deysizmi, ilm-fan taraqqiyotiga, adabiy hayot rivojiga qo‘shgan hissasi deysimi yoki saltanatni yanada mustahkamlash borasidagi xatti-harakatlarimi – barcha-barchasi bugungi kun uchun ham o‘rnak va namunadir. Davlat va jamoat arbobi sifatida faoliyat yuritgan xalqparvar shoirning hayotiy xulosalari esa nihoyatda ta’sirchan badiiy ifoda topgan. Jumladan:

          To hirsu havas xirmani barbod o‘lmas, 

         To nafsu havo qasri baraftod o‘lmas,

         To zulmu sitam jonig‘a bedod o‘lmas, 

         El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas. 

Yurt va millat taqdiri chinakam himmat egasi bo‘lgan, fidoyi va jasur insonlar faoliyatiga bevosita bog‘liq. “El shod”ligi, “mamlakat obod”ligi uchun jamiyatning har bir a’zosi birday mas’ul ekanini bizga ulug‘ so‘z san’atkori uqtirib, anglatib turibdi. Uning asarlarida har bir obraz yoki timsol chin insoniylik fazilatlari, ulug‘vor va nekbin tuyg‘ularni yodga soladi. Masalan, “er” timsolini olaylik. Mumtoz adabiyot “er” yoki “eran” salohiyati baland, himmati ulug‘, boshqalarni o‘z ortidan yaxshiliklar ila ergashtira oladigan haqiqiy yo‘lboshchidir. Navoiy ham “Har kishi ermen debon ermu bo‘lur, Kelmas ishni ilgidan dermu bo‘lur” deb “er”ning ana shu xislatiga urg‘u beradi. Chin erlik insonni turli yomon sifatlardan ihota qiluvchi, go‘zal fazilatlarga oshno etuvchi dilbar tuyg‘udir. Ma’lum bo‘ladiki, buyuk mutafakkirning har bir so‘zi hikmat, har bir hikmati esa hayotiy tamoyiliga uyg‘un, ana shuning uchun ham, ijodi umrboqiylik kasb etib boraveradi.

–Siz faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy jamoada Navoiy merosini o‘rganish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

– Shu kecha-kunduzda, aniqrog‘i, ulug‘ bobomiz tavalludining 584 yilligiga o‘ziga xos tuhfa hozirladik.  To‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” nashrdan chiqdi. Bu juda muhim yangilik! Ta’kidlash o‘rinliki, faoliyatining dastlabki kunlaridanoq davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev xalqimizni Navoiy ijodiyotini yangi ma’naviy ehtiyoj va maqsad bilan o‘qib-o‘rganishga rag‘batlantirganlari, jumladan, “o‘zining bebaho asarlari bilan ona tilimizning qadrini va qaddini tiklagan buyuk mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasini yaratish ham oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biridir”, deya ilm ahli, xususan, adabiyotshunos, navoiyshunos olimlarni ulkan bir ishga ruhlantirganlari barchamizga ma’lum. 

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi tarixiy qarorida 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ni nashr etish masalasi ham alohida belgilangan edi. Institutimiz ilmiy xodimlari tomonidan mazkur nashr yuksak mas’uliyat va g‘ayrat bilan amalga oshirildi. 

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti sa’y-harakatlari va O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “O‘zbekiston” nashriyotida chop etilgan ensiklopediya Yangi O‘zbekiston ilm-fanida yangi sahifa ochgani shubhasiz. “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” Navoiy mansub bo‘lgan XV asrning  II yarmi Xuroson va Movarounnahrdagi tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va adabiy hayot, ulug‘ shoirning tarjimai holi, faoliyati, yaqinlari, do‘stlari, ijodiyotining ma’naviy sarchashmalari, salaflari, adabiy merosi va uning jahonshumul ahamiyati, qolaversa, mumtoz adabiyotimiz tarixida tutgan beqiyos o‘rni xususida atroflicha ma’lumotlarni qamrab olgan. Unda tarix, din, tasavvuf, irfon, ma’naviy komillik mavzulariga ham keng o‘rin berilgan.

Qolaversa, institut jamoasi 5 jildlik “Navoiy tili lug‘ati” ustidan ish olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar lug‘atning 1- va 2-jildlari nashr etilgani qilinayotgan ishning amaliy sarhisobini ham ko‘rsatadi. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi bo‘limi a’zolari, jumladan, Q.Ergashevning “Navoiy nasriy uslubi masalalari” (Toshkent, 2022), B.Rajabovaning “So‘zlar bilan so‘zlashuv” (Toshkent, 2023), Z.Rahmonovaning “Navoiyshunoslik manzillari” (Toshkent, 2024) monografiyalari, M.Asadovning “O‘zbek adabiyoti tarixi (Alisher Navoiy hayoti va ijodi)” (Toshkent, 2023) o‘quv qo‘llanmasi navoiyshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar safini yanada to‘ldirdi. Joriy yildan e’tiboran mazkur bo‘lim xodimlari o‘tgan asrning 70-yillarida chop etilgan 5 jildlik “O‘zbek adabiyoti tarixi” tadqiqotini to‘ldirib, boyitib, bugungi kun nafasi, jahon ilm-fani qo‘lga kiritgan eng so‘nggi yutuqlar asosida mutlaqo yangi nashrini yuzaga chiqarish yo‘lida mehnat qilishmoqda.

E’tiborlisi shundaki, mazkur tomliklarning 2-jildi bevosita Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini o‘rganish masalalariga bag‘ishlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, institut jamoasi ulug‘ mutafakkir ma’naviyati, ma’rifatidan kuch olib, yangi marralar sari ildam odimlamoqdaki, bu navoiyshunoslikning kelgusi istiqbollarida o‘z natijasini ko‘rsatishiga mustahkam ishonch paydo qiladi.   

– Buyuk alloma va shoir ijodini yoshlar o‘rtasida yanada kengroq targ‘ib etish, umuman, Navoiy merosini ommalashtirish borasida yana nimalarga e’tibor qaratish kerak, deb o‘ylaysiz?

–Agar e’tibor qilinsa, Alisher Navoiy asarlarining barcha qahramonlari – yoshlar. Masalan: Farhod, Majnun, Iskandar, Shirin, Layli, Dilorom kabi yoshlik zavqu shavqidan ayrilmagan, benihoya samimiy, beg‘ubor obrazlar tizimi bu ulkan adabiy merosning jo‘shqin tabiati, hayotsevar ruhiyatini ham ifoda etadi. Ulug‘ mutafakkir shoir yoshlarga, ularning istiqboliga hamisha katta ishonch va umid bilan qaragan. Temuriy shahzodalarga yozgan maktublari, asarlaridagi ularga bag‘ishlangan o‘rinlar fikrimizni tasdiqlaydi. Alisher Navoiy – qalb va ruh haqiqatlarini insoniy kamolot cho‘qqilaridan turib anglagan va anglatgan beqiyos SHAXSIYAT sohibi. Shu bois yoshlardan ham ma’nan, ham jismonan yetuklikni, har bir ishda mukammallikka erishish lozimligini talab qiladi, desak sira xato bo‘lmaydi:

Kamol et kasbkim olam uyidin, 

Senga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o‘tmak biaynih,

Erur hammomdin nopok chiqmoq.

Bu dunyoda nafs iskanjasida o‘zlikni qo‘ldan boy bergan, ikkiyuzlamachilik, ochko‘zlik, yolg‘onchilik, firibgarlik kabi illatlar domiga tushgan va umrni behuda ishlarga sarf qilayotgan ayrim toifa odamlar ham yo‘q emas. 

Ulug‘ shoir esa hayotning har daqiqasini qadrlashga, astoydil o‘qib-o‘rganish, bunyodkorlik ruhi bilan yashash, muayyan bir sohani takomilga yetkazib, jamiyat ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat qilishga rag‘batlantiradi. Insonni barcha yomon odatu qusurlardan xoli, eng go‘zal fazilatlarga ega bo‘lgan ulug‘vor va baxtli qiyofada ko‘rishni astoydil istaydi. Navoiy “Jahondin notamom o‘tmak”ka, ya’ni dangasaligu yalqovlik, erinchoqligu lanjlik yuzaga keltiradigan ojizona mutelikka qarshi, ruhan uyg‘oq, fitrati toza, fikrati keng, tashabbuskor va g‘ayratli yoshlarni yangi yutuqlarga, muvaffaqiyatlarga ilhomlantiradi. Asarlarida biror bir ishni chala-chulpa, yarim-yorti bajaradigan, ora yo‘lda qolib ketgan kishilarni qattiq tanqid qiladi. 

Jumladan, “Majolis un-nafois”da zamondoshi Kamoliddin Binoiy haqida yozganlari bu mulohazalarimizga yaqqol dalildir. Kamoliddin Binoiy yaxshigina qalami bor, anchayin iqtidorli ijodkor bo‘lgan. Biroq barcha boshlagan ishlarini yarim yo‘lda chala qoldirib, yana boshqasiga urinishni odat qilgan: saboq olishni maqsad qilib, qobiliyati bo‘lsa-da, o‘z holiga tashlab qo‘yadi, qisqa muddatda xat ilmini o‘zlashtirib, kotiblikda ham mahorat ko‘rsata boshlaydiyu yana hafsala ko‘rsatmaydi, musiqaga mehr qo‘yib, katta e’tibor bilan kuylarni o‘rganadi, hatto risola ham yozadi. Tabiatidagi sarkashligu parishonlik sabab xalqning e’tirofiga loyiq darajada chiqmaydi: “... Avval tahsilg‘a mashg‘ul bo‘ldi, anda ko‘p rushdi bor erdi, bot tark qildi. Xatg‘a ishq paydo qildi. Oz fursatda obodon bitidi. Andin so‘ng ilmi musiqiyg‘a mayl ko‘rguzdi. Advor ilmi bilan bot o‘rganib, xili ishlar tasnif qilib advorda dag‘i risola bitidi. Ammo mo‘’jib va mutasavvirlig‘idin el ko‘nglig‘a maqbul bo‘lmadi. Bu sifati salbi uchun faqr tariyqin ixtiyor qildi va riyozatlar ham tortti, chun piri va murshidi yo‘q erdi, o‘z boshicha qilg‘oni uchun hech foyda bermadi”. Buyuk mutafakkir yoshlarni barkamollikka, har bir ishda, har qadamda, har onu har nafasda yakdillik, yaratuvchanlik va kamolotga undaydi. Bu nekbin g‘oyalarni ularning ongu shuuriga singdirish, Navoiy o‘gitlarining asl mazmunini to‘g‘ri va aniq tushuntirib berish biz – kattalarning eng ulkan vazifamizdir. 

Avvalo, Alisher Navoiy hayoti va ijodiyotini maktabgacha tarbiya yoshidan aniq mezonlar asosida o‘rgatishni maqsad qilgan konsepsiya ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi lozim. To‘g‘ri, bu borada oliy ta’lim sohasida ko‘zga ko‘rinadigan darajadagi ishlar yo‘lga qo‘yilgan: “Navoiyshunoslik” fani bugun barcha ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilmoqda. Bu ham bir qadar isloh qilishga muhtojdek, nazarimizda. Chunki fan mazmunidan kelib chiqib, filologiya sohasida tahsil olayotgan har bir bosqich talabasiga tizimlashtirilgan tarzda ulug‘ shoir tarjimai holi, faoliyati va adabiy merosini o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun vizual, ya’ni rasmli shakllar, maktab o‘quvchilarining yosh toifasidan kelib chiqqan holda o‘quv va metodik qo‘llanmalar, mavzuga doir kitoblar nashr qilish ham Navoiyni yoshlarga, yoshlarimizni hazrat Navoiyga yaqinlashtirishda yaqindan yordam beradi. 

“Yoshlik umr faslining navbahori”dir, deydi ulug‘ shoir “Mahbub ul-qulub” asarida. Uni nurli istiqbollar sari boshlash, ezguliklar, yaxshiliklarga oshno etish, yurt ravnaqi, millat rivoji, xalq farovonligi uchun fidoyilik ruhida tarbiyalash, shubhasiz, Alisher Navoiy asarlarining ma’naviy qudrati, ma’rifiy ahamiyatini teranroq tushuntirish orqali yorqinroq bo‘y ko‘rsatishi shubhasiz.

– Samimiy va qiziqarli suhbat uchun tashakkur!

O‘zA muxbiri 

Nazokat Usmonova 

suhbatlashdi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsud ASADOV: Navoiy – millat tamadduni tarixida alohida iz qoldirgan muhtaram va muhtasham siymo