Maqsad – fuqarolarning tinç va osoyişta hayotini taʼminlaş
Andijon viloyatida uy-joy fondi va ijtimoiy soha obʼektlarini 2026-2027-yillar kuz-kiş davrida barqaror işlaşga tayyorlaş hamda yonğin, is gazidan zaharlaniş, havo gaz aralaşmasining çaqnaşi bilan boğliq noxuş holatlarning oldini oliş borasida qator işlar amalga oşirilmoqda.
Kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş maqsadida viloyat Favqulodda vaziyatlar, içki işlar boşqarmalari, gaz va elektr taʼminoti idoralari, şuningdek, boşqa hamkor taşkilotlar vakillaridan iborat Işçi guruhlar tuzilib, amalga oşiriladigan işlar yuzasidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi. Belgilangan işlar reja asosida olib borilmoqda.
- Viloyat Içki işlar boşqarmasida muvofiqlaştiruvçi ştab, şuningdek, barça tuman va şaharlarda tezkor ştablar faoliyati yölga qöyildi, - deydi Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği, polkovnik Jasurbek Karimov. - Uşbu ştablar işiga boşqarmaning barça xodimlari töla jalb etildi. Bugungi kunda viloyatning 880 ta mahalla fuqarolar yiğinidagi umumiy aholi turar joylari 654 ming 593 tani taşkil etadi. Şundan hovli uylar 591 ming 796 ta, 2 ming 389 ta köp kvartirali uylardagi xonadonlar soni esa 62 ming 597 tadir. Köp kvartirali uylarga 27 ta servis kompaniyasi xizmat körsatadi.


Joriy yil kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, tuman, şahar bölimlari xodimlari hamda boşqaruv kompaniyalari mutaxassislari hamkorligida viloyatdagi 2 ming 389 ta, köp kvartirali uylardan 2 ming 175 tasi yoki 91 foizi örganib çiqildi.
Örganişlar natijasida köp kvartirali uylarning xonadonlari, çordoq qismi va yertölalarida 107 ming 881 ta kamçilik va muammolar borligi aniqlandi. Ularni bartaraf etiş böyiça olib borilgan işlar natijasida 100 ming 781 ta ta kamçilik bartaraf etilib, bu boradagi işlar talab darajasiga keltirildi. Qolgan kamçiliklarni ijobiy hal etiş böyiça ham işlar olib borilmoqda.
Işçi guruhlar tomonidan 9 ming 575 ta köp qavatli uylardagi xonadonlar “OP-5” birlamçi yonğin öçiriş vositasi bilan taʼminlandi, uylarning kiriş qismiga favqulodda hodisalar – yonğin, çaqnaş, is gazidan zaharlaniş va hokazolarning oldini oliş böyiça yöriqnomalar joylaştirildi. Şuningdek, 5 ming 150 ta xonadonga gaz analizator, 4 ming 412 ta xonadonga tutun aniqlovçi sezgiçalar, 4 ming 351 ta xonadonga is gazini aniqlovçi sezgiçalar örnatilgan bölsa, 39 ming 741 ta xonadonning möri va dudburon tizimlari tozalandi.
Köp qavatli uylardagi 5 ming 796 ta xonadonda nosoz elektr rozetkasidan, 5 ming 250 ta xonadonda nosoz rezina şlangdan foydalanişga çek qöyildi. Fuqarolarga nosoz elektr va gaz uskunalaridan foydalanmaslik böyiça 188 ming dona eslatma, buklet va flayerlar tarqatildi.
Bundan taşqari, işçi guruh aʼzolari, Favqulodda vaziyatlar bölimlari xodimlari tomonidan kuz-qişga tayyorgarlik doirasida mehnat jamoalarida, taʼlim muassasalari hamda aholi gavjum böladigan maskanlarda monitoring va profilaktik tadbirlar ötkazildi.


Ötkazilgan tekşiriş va profilaktika tadbirlar davomida korxona, taşkilot va muassasalarda hamda tadbirkorlik subʼektlariga tegişli obʼektlarda yonğin va boşqa favqulodda köngilsiz hodisalarni keltirib çiqaruvçi qoidabuzarliklar aniqlanib, ularni bartaraf etiş çoralari körildi.
Tarğibot va taşviqot işlarini kuçaytiriş, is gazidan zaharlaniş, havo va gaz aralaşmasining çaqnaşi bilan boğliq noxuş holatlar kelib çiqişining oldini oliş böyiça mahalla fuqarolar yiğinlari, korxona va taşkilotlarda, tibbiyot, maktabgaça va maktab taʼlimi muassasalari, örta maxsus va oliy öquv yurtlarida muloqot va davra suhbatlari taşkil etilib, iştirokçilarga yonğinlar kelib çiqişining oldini oliş, yonğin xavfsizligi qoidalariga amal qiliş yuzasidan tuşunça va maʼlumotlar berildi.

Şuningdek, obʼekt va inşootlarda favqulodda vaziyat yoki yonğin sodir bölganda harakatlaniş tartibi böyiça amaliy-taktik maşq va maşğulotlar ötkazildi.
Andijon, Xonobod şahri, tumanlar markazlariga, markaziy köçalar, bozorlar, savdo majmualari hududlariga kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş tarğibotiga bağişlangan panno va plakatlar örnatildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri.