Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida qanday işlar amalga oşiriladi?
Bugungi kunda Andijon viloyatida 270 mingdan ziyod tabiiy gaz hamda 495 mingdan ortiq suyultirilgan gaz isteʼmolçilari mavjud. Isteʼmolçilarga 5 ming 700 kilometr gaz quvurlari orqali tabiiy gaz hamda 800 mingdan ziyod maişiy gaz ballonlari orqali suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali tomonidan viloyatda hozirga qadar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida zarur işlar olib borildi. Jumladan, isteʼmolçilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib beriş böyiça aniq reja-tadbirlar belgilandi. Bu borada qator işlar amalga oşirilib, mavsumga tayyorgarlik işlari yakuniga yetkazildi.
– Joriy yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik jarayonida viloyat böyiça 24,5 kilometr gaz quvurlarini mukammal taʼmirlaş hamda rekonstruksiya qiliş rejalaştirilgan edi, – deydi “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali boş muhandisi Ğulomjon Töyçiyev. – Amalga oşirilgan işlar natijasida Andijon şahrida 7 kilometr, Andijon tumanida 2 kilometr, Asaka tumanida 1,8 kilometr, Böston tumanida 3,5 kilometr, Paxtaobod tumanida 4,2 kilometr, Xöjaobod tumanida 3,2 kilometr, Şahrixon tumanida 2,8 kilometr, jami 24,5 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri mukammal taʼmirlandi.
[gallery-32503]
Jumladan, Şahrixon tumanidagi “Qaşqar” va “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yiğinlari hududidagi diametri D-219 mm bölgan gaz quvuri mukammal taʼmirlandi. Çunki 2 ming nafardan ortiq aholini tabiiy gaz bilan taʼminlovçi uşbu tarmoqda sönggi yillarda gaz sizib çiqiş holatlari kuzatilayotgan edi. Mazkur tarmoqni mukammal taʼmirlaş kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik dasturiga kiritildi. Tarmoqning 2,8 kilometr qismi yer ostida joylaşgan bölib, yillar davomida çiriş, quvurga suv tölib qoliş holatlari kuzatilgan. Bu esa aholini bir maromda gaz bilan taʼminlaşda qiyinçiliklarni yuzaga keltirayotgan edi. Hozirda tarmoqni yangilaş işlari yakuniga yetmoqda.
Mukammal taʼmirlaş işlari yakuniga yetgaç, yuqoridagi kabi muammolarga töla barham berildi. Tumanning “Qaşqar, “Mustaqillik”, “Saroy”, “Paxtaköl” va “Qörğonça” MFYlar hududidagi 2 mingdan ortiq isteʼmolçining tabiiy gaz taʼminoti yanada yaxşilanadi.
Xöjaobod tumanidagi “Mustaqillikning 30 yilligi” mahalla fuqarolar yiğini öramidagi 84 ta köp qavatli uyda 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ötgan yillar davomida hududdagi tuproqning şörligi sabab yer ostidagi gaz quvurida yemiriliş va korroziya holatlari yuzaga kelib, gaz quvuridan gaz sizib çiqiş holatlari kuzatildi va taʼminotda muammolar keltirib çiqardi.
– Ötgan yilgi kuz-qiş mavsumida köp qavatli uylardagi ayrim xonadonlarga tabiiy gaz yetkazib berişda qiyinçiliklar tuğildi, – deydi “Xöjaobodtumangaz” gaz taʼminoti bölimi muhandisi Loçinbek Yusupov. – Gaz sizib çiqiş holatlarini bartaraf etiş vaqtida gaz quvurlari tekşirilganda ularda çiriş holatlari kuzatilgan. Örganişlardan söng mazkur quvurlar mukammal taʼmirlaş dasturiga kiritildi.
Mazkur muammoni hal etiş uçun tarmoqning 3,2 kilometr qismiga diametri D-100 mm bölgan yer usti gaz quvuri tortildi. Hozirda mazkur taʼmirlangan tarmoqqa har bir köp qavatli uylarning içki tarmoqlari ulanmoqda. Bu işlar yakunlanişi bilan 3 ming nafardan ortiq aholi yaşayotgan xonadonlarga tabiiy gaz yetkazib berilişi yaxşilanadi.
Paxtaobod tumanidagi “Madaniyat-1” avtomatik gaz tarqatiş şoxobçasi tuman markazidan 18-20 kilometr uzoq masofada joylaşganligi sababli tabiiy gaz taʼminotida, ayniqsa, kuz-qiş mavsumida magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimi pasayişi, aholi xonadonlarida uzilişlar kuzatilar edi. Ana şu muammoni ijobiy hal etişda hududga yangi gaz tarmoği tortildi.
Nodirabegim – Habibiy mahallalari yönalişida diametri D-219 mm yuqori bosimli gaz tarmoği tortildi va mazkur tarmoq Uç köza mahallasidagi yuqori bosimli tarmoqqa ulandi.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filialining quriliş-montaj boşqarmasi tomonidan tortilgan tarmoq natijasida tuman markazidagi “Nodirabegim”, “Qöqonqişloq”, “Habibiy”, “Şomat”, “Yuqori”, “Navröz”, “Bobur” kabi 7 ta mahalla fuqarolar yiğinlaridagi 3 mingga yaqin aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminoti yanada yaxşilanişga erişildi.
Tabiiy gazni yetkazib berişda nafaqat gaz quvurlari, balki gaz tarqatiş qurilmalarining ham örni muhim ahamiyat kasb etadi. Şu kunga qadar viloyatdagi mavjud 860 dona gaz tarqatiş punktlari soha xodimlari tomonidan texnik körikdan ötkazildi va mavsumga şay holatga keltirildi.
Tumanlardagi 30 ta gaz taqsimlaş punktlarida mukammal taʼmirlaş işlari bajarildi, ularning xizmat muddatlari yanada uzaytirildi. Şuningdek, kuz-qişga tayyorgarlik doirasida 153,6 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri yuqori bosim ostida sinaldi va havo bosimi yordamida tozalandi.
Soha xodimlari tomonidan 203,9 kilometr yer usti gaz quvurlarini böyaş rejalaştirilgan bölib, amalda 237,9 kilometr uzunlikdagi quvurlar böyoqlandi, estetik jihatdan tartibga keltirildi.
Joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonida soha mutaxassislari tomonidan 859,4 kilometr uzunlikdagi yer osti gaz quvurlarining holatini maxsus asbob yordamida tekşirilib, bu boradagi belgilangan reja ortiği bilan bajarildi.
Soha xodimlari tomonidan mavsumga tayyorgarlik doirasida mahallalar, mehnat jamoalarida isteʼmolçilarga kuz-qiş davrida gaz plitalari, qozonxona, kamin, peç va boşqa gaz jihozlaridan foydalanişda ularning sozligini tekşiriş, xavfsiz işlaşi uçun xonadonlardagi mörilar va şamollatiş tizimini nazoratdan ötkaziş, nosoz gaz qurilmalarini işlatmaslik, tabiiy gazdan oqilona foydalaniş böyiça keng kölamli tarğibot va tuşuntiriş işlari olib borildi. Tarğibot tadbirlari hozirda ham davom ettirilmoqda.
Bir söz bilan aytganda, “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali tomonidan kuz-qiş mavsumini köngildagidek ötkaziş uçun zarur barça işlar olib borilmoqda.
Faxriddin Ubaydullayev,
Zuhriddin Umrzoqov (surat),
ÖzA muxbirlari