“Maqomni yoshlar qalbiga singdirib borishimiz kerak” – Yulduz Usmonova (+video)
San’at, ilm va ma’naviyatga oshuftalik insonni kamolotga yetaklaydi. Buni chuqur anglagan holda davlatimiz rahbari ayni soha rivojida samarali mehnat qilib, elga manzur bo‘lgan san’at va adabiyot namoyandalarini munosib rag‘batlantirdi.
Jumladan, madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirish marosimida davlatimiz rahbari maqom san’atining o‘rni, uni rivojlantirishning ahamiyati xususida to‘xtalib, muhim vazifalarni belgilab berdi.
– Hamkasblarimiz loyiq ko‘rilgan bugungi mukofotlar, xalqqa, davlatga, san’atga, ya’ni ustozlarimiz qoldirgan go‘zal san’atimiz rivojiga hissa bo‘lib qo‘shilsin, – dedi O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Yulduz Usmonova. – Prezidentimiz maqom san’atini rivojlantirish yo‘lida muhim vazifalarni berdi san’at ahliga. Darhaqiqat, to‘y tadbirlarida maqom kuy-qo‘shiqlarini qancha ko‘p targ‘ib qilib borsak, yoshlarimiz qalbi, qulog‘iga singib boradi. Boshida yoshlar eshitgisi kelmas, bora-bora ma’naviy jihatini anglay boradi. Ilohim hamkasblarimiz olgan mukofotlar yanada jo‘shqin ijodga undasin. Aslida xalqimizga bizning unvon emas, ijodimiz kerak. Shu bois xalqqa xizmat qilish uchun kurashish, harakat qilishimiz lozim.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cC3LkAF1HOA" title="“Maqomni yoshlar qalbiga singdirib borishimiz kerak” – Yulduz Usmonova" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV, Yoqubjon MELIBOEV, O‘zA