«Manchester Siti» Enso Fernandes uchun 120 million funtlik imkoniyatni qo‘ldan chiqardi
«Chelsi» mazkur taklif uchun juma kuni kechgacha muddat belgilagan edi.
«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes hamon «Manchester Siti»ning transfer radarida. Biroq endi mankunianliklar argentinalik futbolchi uchun 120 million funtdan (taxminan 140 million yevro) ko‘proq to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
«Manchester Siti» Fernandesni 120 million funt evaziga sotib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. «Chelsi» mazkur taklif uchun juma kuni kechgacha muddat belgilagan edi.
Endilikda London klubi futbolchi uchun yanada yuqori summa talab qilishi mumkin. Chunki Fernandesga o‘rinbosar topish uchun vaqt tobora qisqarib bormoqda. Bu haqda jurnalist Mett Lou xabar berdi.
Angliya Premyer Ligasining 1-turida «Chelsi» safarda «Fulham»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 24-avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.