Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida Navoiy viloyatining tuman, shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va targ‘ibotning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida malakash oshirish o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda. Mashg‘ulotlarda soha bo‘yicha katta tajribaga ega siyosatshunos, sotsiolog, tarixchi va filolog olimlar ma’ruzalar – chiqishlar qilishadi.

O‘quv-seminari davomida Yangi O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi samaradorligini oshirish, ma’naviy taraqqiyotning maqsad-vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari bo‘yicha ma’ruzalar tashkil qilinadi. 

Darslar ochiq muloqot shaklida olib boriladi va qiziquvchilar uchun onlayn  ishtirok etish imkoniyati ham yaratilgan. 

Shuningdek, seminar dasturidan dunyoning bugungi mafkuraviy manzarasi, axborotlashgan jamiyatda inson ma’naviyati muammolari, jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi axloqiy – mafkuraviy tahdidlar va ularni bartaraf etish muammolari, rahbar ma’naviyati va kasb etikasi kabi mavzular ham o‘rin olgan.

O‘quv-seminaridan asosiy maqsad – ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitet paydo qilish va bu borada zamonaviy targ‘ibot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi malakalarini oshirishdan iborat.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotda zamonaviy texnologiyalar