Huquqiy munosabat

Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga murojaat qilishga haqli. Bu borada sudlar orqali murojaatlar vaqtida ko‘rib berilishi muhim masala hisoblanadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu haqda batafsil tushuntirish berdi. 

– O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ish yurituvi to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasiga asosan, agar ushbu kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sudya arizani, ya’ni shikoyatni ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra, boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza yoki shikoyat sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qilishi lozim. 

Arizani ish yuritishga qabul qilish haqida, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra, boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.  

Sudga taalluqliligiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza, shikoyat yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza ushbu kodeksning 128, 129 va 130-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida xabardor qiladi. Unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’muriy sudga ariza topshirganingizdan so‘ng necha kunda ish yuritishga berilishi kerak?