O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;

Yoshlar siyosati va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Yoshlar ishlari agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;

Yoshlar siyosati va sport sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 
5-ilovaga muvofiq;

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining xususiy sektorga o‘tkaziladigan funksiyalari ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilansin:

2023–2024 yillar davomida “Yoshlar daftari” tizimi orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari1,5 baроbaрgaчa oshiriladi;

yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni ko‘rsatishda ularning iqtidoridan unumli foydalanishga qaratilgan ijtimoiy shartnomalar amaliyoti joriy etiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi “Yoshlar balansi” asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq zarur bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining tegishli axborot resurslari bazalari Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlarigaintegratsiya qilinadi;

davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari har yili 1 фyevрaлga qadar o‘z tizimlarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik “Yoshlar dasturi”ni Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi har yarim yilda kamida bir marotaba davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati natijadorligi hamda qabul qilingan “Yoshlar dasturi” ijrosini tanqidiy muhokama qilib boradi.

3. 2024 yil 1 янvaрdaн boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida o‘tkaziladigan yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi asosida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilsin. Bunda:

Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi har yili dekabr oyi yakuniga qadar davlat organlari va tashkilotlarining takliflari asosida shakllantiriladi;

tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, ishtirokchi yoshlarni rag‘batlantirish Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi;

Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoshlarportali.uzyagona elektron platformaсиga joylashtirib boriladi va tadbirlarda ishtirok etadigan yoshlarni platforma orqali elektron ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yiladi;

2023 yil 1 dekabrga qadar yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ma’lumotlar bazalari ular tomonidan integratsiya qilinadi.

4. 2024 yil 1 yanvarga qadar sport sohasini raqamlashtirish bo‘yicha 24 ta yo‘nalishdagi axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushirilsin hamda UzASBO dasturidagi ma’lumotlar bilan integratsiya qilinishi ta’minlansin. Bunda:

Yoshlar siyosati va sport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalaridan markazlashgan tartibda mablag‘ oluvchi barcha tashkilotlar ushbu tizimga to‘liq ulanadi hamda sport sohasidagi xarajatlar tizimda shaffof va ochiq tarzda aks ettiriladi;

joylarda Yoshlar siyosati va sport vazirligi mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan sport ob’ektlari va inshootlarining kamida 30 foizi mazkur elektron tizim orqali ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

5. 2023 yil 1 июлdaн boshlab sportchi identifikatsiya kartalari uchun to‘lovlar miqdori uch barobarga kamaytirilsin hamda ulardan foydalanish muddati 5 yil etib belgilansin.

Belgilansinki:

a) 2024 yil 1 мaртdaн boshlab sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalar, O‘zbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishi uchun sportchilarning mansubligi va ularning malakasini identifikatsiya kartalari (ID-karta) orqali aniqlash tartibi joriy etiladi;

b) 2024 yil 1 июлdaн boshlab:

sportchilar va ularga biriktirilgan trenerlar va boshqa mutaxassislarning barcha ma’lumotlari “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimida yuritiladi. Bunda, faqat ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar haqqoniy hisoblanadi;

sportchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi (xalqaro sport federatsiya/assotsiatsiyalari talablari bo‘yicha joriy etiladigan hujjatlar bundan mustasno) boshqa har qanday sportchi pasportini joriy etish qat’iyan taqiqlanadi.

6. Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) bo‘yicha jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarniDavlat byudjeti mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024 yil 1 янvaрdaн boshlab:

Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash bo‘yicha har yili qabul qilinadigan qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida sport sohasini rivojlantirish dasturlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar Yoshlar siyosati va sport vazirligiga ajratilib, vazirlik tomonidan mustaqil taqsimlanadi;

yoshlar siyosati va sport sohasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati bo‘yicha tahliliy materiallar va tashkilotlarga Yoshlar siyosati va sport vazirligidan ajratilgan mablag‘lar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorakda ommaviy axborot vositalari va boshqa kommunikatsiya manbalari orqali keng jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

8. Quyidagilar yoshlar siyosati va sport sohasiga ajratilayotgan Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish va o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

tadbirlarni moliyalashtirish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ajratilayotgan mablag‘lar manzilliligi va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha “xavfni tahlil qilish”ni yo‘lga qo‘yish va onlayn nazorat tizimini yaratish;

sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va sport tadbirlarini o‘tkazishning ilg‘or xorij taжриbaсиga asoslangan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchi yoshlar hamda ularning trenerlarini rag‘batlantirishni tizimlashtirish;

tizimdagi bino va inshootlar hamda sport ob’ektlari va inshootlarida energiya va resurslarni tejaydigan тyeхнолоgiялaрni bosqichma-bosqich joriy etish;

byudjetdan moliyalashtiriladigan sport ob’ektlari va inshootlari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida yo‘lga qo‘yish va xususiy sektor ishtirokida sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.

9. Belgilansinki:

a) tegishincha Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda uning tizimidagi byudjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini to‘liq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan byudjetdan tashqari jamg‘arma sifatida faoliyat yuritadi;

b) 2023 yil 1 июлdaн boshlab har yili Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalariga Davlat byudjetidan sport sohasini rivojlantirish dasturlari xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar (saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar bundan mustasno) tegishincha vazirlik va hududiy bo‘linmalarning byudjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma)ga o‘tkazib boriladi hamda xarajatlarni moliyalashtirish Jamg‘arma orqali belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi;

v) Jamg‘armaga jismoniy shaxslar tomonidan ajratilgan homiylik va xayriya mablag‘larining 50 foizigacha bo‘lgan qismi mazkur shaxslarni nufuzli xalqaro sport tadbirlariga yuborish uchun yo‘naltiriladi;

g) homiylik ko‘rsatgan jismoniy shaxslar orasidan xorijda tashkil qilinadigan xalqaro sport tadbirlariga yuboriladiganlarni aniqlab olish uchun “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali ular o‘rtasida lotereya o‘yinlarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi;

d) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoshlar va sport sohasiga oid barcha tashqi beg‘araz ko‘mak loyihalarini amalga oshirishda Yoshlar siyosati va sport vazirligi loyiha hamkori sifatida jalb qilinadi;

ye) yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda sport sohasiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilmalar, sport ob’ektlari va inshootlarining loyiha hujjatlari Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.

10. Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan, shuningdek, iqtidorli sportchi yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

a) 2023 yil 1 июлdaн boshlab “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etilsin. Bunda:

stipendiya to‘lovlari uchun mablag‘lar sportchi lavozimi uchun belgilangan ish haqi, terma jamoalar va ularning zaxirasi, sportchilar energiya sarfini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun ajratiladigan maqsadli to‘lovlarni maqbullashtirish hisobidan ajratiladi va uning miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 (uch) baravari etib belgilanadi;

“O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” tayinlangan sportchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4742-son qarorida belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilish huquqi beriladi;

b) Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub bo‘lgan tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda umrbod bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi berilsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I.Ikramov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q.Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

      Prezidenti                                                                                                                              Sh.MIRZIYOYEV                                                                                                                                        

Toshkent shahri,

2023 yil 7 aprel

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida