| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Mamlakatimizning eng kuchli polvonlari Toshkentda bellashmoqda

Poytaxtimizdagi “Unversal” sport majmuasida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari davom etmoqda. Unda ayni damga qadar ayollar kurashi bo‘yicha barcha g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.
Jumladan, ayollar kurashi bo‘yicha Nilufar Nurmehammedova (-50kg.), Shohida Ahmedova (-53kg.), Sohibjamol Esbosinova (-55kg.), Sandugash Jenbayeva (-57kg.), Sarbinaz Jenbayeva (-59kg.), Nigina Sobirova (-62kg.), Firuza Esenboyeva (-65kg.), Nabira Esenboyeva (-68kg.), Svetlana Oknazarova (-72kg.) va Ozoda Zaripova (-76kg.) mamlakat kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, mazkur kubok musobaqalarida yunon-rum kurashi bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlanmoqda. Ushbu yo‘nalishning ilk bellashuvlarida Ixtiyor Botirov, Islom Bahromov, Ilyos Abdinazarov va Muhammadqodir Rasulov kabi polvonlar shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Bugun, 5 may kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
Muallif: javohirtoshxujayev




