Voleybol: Xorazm va Buxoro jamoalari O‘zbekiston kubogi sohibi
Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Musobaqa davomida jamoalar kubok uchun murosasiz bahslarda ishtirok etib, o‘z mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.

Yosh gandbolchilar uchun katta mahorat maktabi vazifasini o‘tagan mamlakat kubogi o‘yinlari sarhisobiga ko‘ra, ayollar jamoalari o‘rtasida Xorazm viloyati UrDU sport klubi jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Andijon viloyatining ADPI sport klubi 2-o‘rinni, Buxoro viloyatining BuxDU sport klubi voleybolchi qizlari 3-o‘rinni egalladi.

Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar yakunida Buxoro viloyatining BuxDU sport klubi jamoasi O‘zbekiston kubogiga ega chiqdi. Keyingi o‘rinlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasiga hamda “Humo” jamoasiga tegishli bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga kuboklar, medal va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA