Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Fermerlari Kengashi tashabbusi va Prezident Administratsiyasi koʻmagi bilan butun mamlakat boʻylab suvni iqtisod qiluvchi sugʻorish amaliyotini keng joriy etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4087-son qaroriga muvofiq paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilariga tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun paxta xom ashyosi ekiladigan maydonning har bir gektari uchun 8 million soʻm miqdorida subsidiyalar taqdim etilayotganligi, 2019-yil5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4161-son qaroriga muvofiq yangi uzum plantatsiyalarini yaratish maqsadida tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishga uzum ekiladigan maydonning har bir gektari uchun 8 million soʻm miqdorida subsidiyalar taqdim etilayotganligi, 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qaroriga muvofiq yangi bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini yaratish maqsadida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishga ekin maydonining har bir gektari uchun 6 million soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiyalar taqdim etilayotganligi shular jumlasidandir.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari 2019-yilning oʻzida qoʻshimcha 33,2 ming gektarda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash imkonini berdi, bu esa shu kabi texnologiyalar qoʻllanilayotgan yerlar umumiy maydonining 44 foizini tashkil etdi.

Biroq, suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari qoʻllanilayotgan umumiy maydon atigi 75 ming gektarni yoki umumiy sugʻoriladigan yer maydonlarining 1,7 foizini tashkil etayotganligi qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishga va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yana-da faollashtirish zaruratini taqozo etmoqda.

Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini yana-da kengaytirish va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlari hosildorligi darajasini yaxshilash maqsadida 2019-yil 25-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4499-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4087-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ishlab chiqarishda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarining barcha turlarini joriy etish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatilgan.

Mamlakatimiz boʻyicha joriy yilda 43,8 ming gektarda, shu jumladan, 24,9 ming gektar — paxta ekin maydonlarida, 11,5 ming gektar — mevali ekin maydonlarida, 5 ming gektar — uzumzorlarda, 2,3 ming gektar — boshqa turlardagi ekin maydonlarida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarining samarali bajarilishini taʼminlash belgilangan.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida paxta-gʻallaning 1 gektar ekin maydoni uchun 20 million soʻmdan oshmaydigan qismi boʻyicha valyuta turidan qatʼi nazar, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq milliy valyutadagi kreditlar uchun — 10 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — 3 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, boshqa yoʻnalishlar uchun “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom”da nazarda tutilgan shartlarda davlat tomonidan moliyaviy koʻmak berish tasdiqlangan.

Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishda, shuningdek, mamlakat hududlarida suv tejovchi sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun chet el investorlarini jalb qilish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, ulardan foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qisqa muddatli sayyor oʻqitish kurslarini tashkil etish kabi tadbirlarni xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning grantlari hamda uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish hisobidan moliyalashtirish tartibiga oʻtish va xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qoplash mexanizmlarini joriy etish kabi yengilliklar yaratilgan.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiqarorda belgilangan topshiriq va vazifalarni samarali bajarish, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning grantlarini jalb etish maqsadida BMT qoshidagi Global Ekologik Jamgʻarma(GEF) Kichik Grantlar Dasturining Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi bilan qator muzokalar olib borilib, “Oʻzbekistondagi fermerlar orasida ilgʻor sugʻorish usullaridan foydalanish dasturini targʻib qilish” mavzusidagi 150 ming AQSH dollari miqdoridagi grant loyihasini amalgaoshirish borasida kelishuvga erishildi.

Global Ekologik Jamgʻarma(GEF)ning Kichik Grantlar Dasturi butun dunyoda tabiat va atrof-muhitga foyda keltiradigan loyihalarni amalga oshirish uchun grant -begʻaraz beriladigan, qaytarish sharti boʻlmagan mablagʻ bilan taʼminlashshaklida moliyaviy koʻmak koʻrsatadi.

Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Fermerlari Kengashi tashabbusi va Prezident Administratsiyasi koʻmagi bilan butun mamlakat boʻylab suvni iqtisod qiluvchi sugʻorish amaliyotini keng joriy etish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktyabrda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosiga hissa qoʻshadi.

Mazkur loyiha butun respublika boʻylab suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish uchun mavjud muammo va toʻsiqlarning barchasini boʻlmasa xambir qismini yechimini topishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi, iloji boricha koʻproq fermer xoʻjaliklarida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni keng targʻib qilish va amalga oshirishdir. Ushbu loyiha Prezident qarorida koʻrsatilgan subsidiyalash dasturini qoʻllab-quvvatlash amalga oshirilayotgan vositalaridan biri boʻladi.

N.Mirabdullayev,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va
tomorqa yer egalari kengashi boʻlim boshligʻi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tizimi takomillashtirilmoqda
Жамият
11:43 / 26:10:2020