Qonun va ijro

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga binoan har kim qariganda, mehnat layokatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining to‘liq bajarilishi fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarining kafolati hisoblanadi.

Respublikamizdagi mavjud qonun bo‘yicha fuqarolarimizga yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik pensiya turlari tayinlanishi mumkin.

Shu kunga qadar fuqarolarimiz tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armsi tuman(shahar) bo‘limlarining fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq qarorlari yoki mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilib kelinyapti.

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga oid huquqni amalga oshirish bilan bog‘liq murojaatlari ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mehnat faoliyati davrlari, ish stajini tasdiqlovchi hujjatning tegishlilik fakti, ish o‘rinlarining attestatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, o‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilash haqidagi ishlar sudda ko‘rilishi mumkin. Shuningdek, faoliyatning sug‘urta badallari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi asosi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining pensiya tayinlash bo‘yicha komissiyasining faoliyat davrlarini mehnat stajiga qo‘shishni rad etish haqidagi qarorlari ustidan shikoyat beriladi. Pensiya jamg‘armasining pensiya tayinlash bo‘yicha komissiyasining pensiya tayinlashni rad etish, pensiyani bir turdan boshqa turga o‘tkazishni rad etish, pensiyadan chegirmalar qilish to‘g‘risidagi qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘riladi.

Hozirda fuqarolar pensiya yoshiga yetgach, ularga yoshga doir pensiya tayinlash yoki turli sabablarga ko‘ra, nafaqa tayinlashda amaldagi qonunlarga ko‘ra bir nechta to‘siqlarga duch kelayotgan edi.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman(shahar)lardagi bo‘limlari tomonidan fuqarolarimizga pensiya yoki nafaqa tayinlashda talab qilinayotgan hujjatlar bir talay edi. Ovoragarchiliklarga sabab bo‘layotgandi.

bugungi kunda pensiya yoshiga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining behuda ovoragarchiliklarining oldini olish maqsadida, pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi. Shu maqsadda joriy yilning 1 iyunidan boshlab pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr, 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisobga olinadi. Uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish va ular bo‘yicha aniqlangan ortiqcha to‘lovni undirish bekor qilinadi. Ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlarining kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishi uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi. Pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi. Pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan huquqi yo‘qolganligini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron ma’lumotlar asosida aniqlash orqali pensiyalarni naqd pulsiz shaklda oluvchi shaxslar tomonidan har olti oyda Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga kelish va mas’ul xodimlar tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring o‘tkazish majburiyati bekor qilinadi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi bilan fuqarolarga endilikda pensiya yoshiga yetgandan so‘ng qonunda belgilangan tartibda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limiga pensiya tayinlashni so‘rab qilgan murojaatlari asossiz ravishda rad etilganligi sudda o‘z tasdig‘ini topgan tiqdirda, sud tomonidan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi mansabdor shaxslari zimmasiga fuqaroga pensiya u dastlab murojaat qilgan vaqtdan boshlab tayinlash majburiyati yuklatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosat va amalga oshirilayotgan barcha islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson manfaatlari eng oliy qadriyat ekanligiga erishish, fuqarolarimizning mustaqil O‘zbekistonda erkin va farovon hayot kechirishlarining kafolatidir.

Ixtiyor Xolov,

Buxoro viloyat ma’muriy sudining sudyasi,

Ozodjon Rajabov,

Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda joriy yil 1 iyundan pensiya ta’minoti tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?