Bir kunda tayinlanadigan pensiya, yangi tizim qanday işlaydi?
Pensiya yoşiga yetgan insonning vaqti hujjat izlaş va idorama-idora yurişga emas, öz rejalarini amalga oşirişga sarflanişi kerak. Pensiya tizimida joriy etilayotgan yangi tartiblarning asosiy maqsadi ham ana şu ovoragarçilikni bartaraf etişdan iborat.
Bahodir aka 60 yoşga töldi. Köp yil mehnat qildi. Endi biroz dam oliş, sayohat qiliş, nevara va yaqinlari bilan köproq vaqt ötkazişni rejalaştiryapti. Ammo pensiya masalasiga kelganda kutilmagan muammo çiqdi, mehnat daftarçasida qayd etilgan ayrim iş yillari elektron tizimda körinmayapti. Demak, maʼlumotlarni aniqlaştiriş va raqamlaştiriş zarur.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 28-sentabrdagi qarori bilan pensiya xizmatlarini bosqiçma-bosqiç töliq interaktiv va proaktiv şaklga ötkaziş belgilandi. Proaktiv tizimning mohiyati oddiy, fuqaro pensiya tayinlaş uçun alohida murojaat qilib, hujjat yiğmaydi. Pensiya jamğarmasi zarur maʼlumotlarni tegişli davlat axborot tizimlaridan elektron şaklda oladi va jarayonni özi boşlaydi.
Bugun yoşga doir va nogironlik pensiyalari şu tartibda tayinlanmoqda. 2027-yil 1-yanvardan boquvçisini yöqotganlik pensiyasi ham fuqaroning alohida murojaatisiz, proaktiv şaklda rasmiylaştiriladi.
Pensiya jamğarmasi Ijro etuvçi direktorining örinbosari Nuriddin Şodixöjayevнинг taʼkidlaşiça, yangi tartiblarning asosiy maqsadi fuqarolarning vaqt sarflaşi, turli idoralarga qatnaşi va qoğoz hujjat töplaşiga bölgan ehtiyojni bartaraf etişdir.
– Avval fuqarolar bir neça turdagi hujjatlarni taşkilotlardan yiğib, keyin pensiya tayinlaş uçun murojaat qilardi, – deydi u. – Bu jarayon ança vaqt olardi. Yangi tartiblar natijasida bugun pensiyani bir kun içida tayinlaş imkoni yaratildi.
Fuqaro pensiya yoşiga yetganda Pensiya jamğarmasi tegişli vazirlik va idoralarga elektron sörov yuboradi. Iş staji, iş haqi, öqiş davri, jamğarib boriladigan pensiya tölovlari, harbiy xizmat va boşqa zarur maʼlumotlar axborot tizimlaridan olinadi. Şu asosda pensiya hisoblanib, tayinlanadi va natija haqida fuqaroning telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi (telefon raqami mavjud bölmasa, xabarnoma poçta orqali yetkaziladi).
Ammo tizim muammosiz işlaşi uçun bir muhim şart bor, fuqaroning mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlar elektron bazada töliq va töğri aks etgan bölişi kerak.
Masalan, mehnat daftarçasida 20–30 yillik iş staji qayd etilgan bölişi mumkin. Agar uning bir qismi Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilmagan bölsa, elektron baza bu davrni avtomatik tarzda körmaydi. Albatta, bu pensiya oliş huquqi yöqoladi degani emas, şunçaki yetişmayotgan maʼlumotni oldindan raqamlaştiriş yoki töğrilatiş talab etiladi. Nuriddin Şodixöjayev ham pensiya yoşiga yaqinlaşgan fuqarolar öz maʼlumotlarini avvalroq tekşirib borişi muhimligini qayd etadi.
– Pensiya muammosiz tayinlanişi uçun iş staji va iş haqiga oid maʼlumotlar töliq raqamlaştirilgan bölişi şart. Fuqaro öz maʼlumotlari elektron tizimda töğri aks etayotganini tekşirib borişi lozim, – deydi u.
Hozir işlayotgan fuqarolarning mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlari iş beruvçining kadrlar bölimi orqali raqamlaştiriladi. Işlamayotgan yoki mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar esa yaşaş hududidagi kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimlariga murojaat qilib, mehnat daftarçasidagi maʼlumotlarni elektron bazaga kiritişlari mumkin.
Maʼlumotlar holatini my.gov.uz yoki my.mehnat.uz portallari orqali ham tekşiriş imkoni bor. Bu işni pensiya yoşiga yetganda emas, oldinroq bajariş muhim. Çunki staj yoki iş haqida kamçilik aniqlansa, uni tuzatiş uçun yetarli vaqt böladi.
2027-yil 1-yanvardan pensiya xizmatlarida qoğoz hujjatlarni qabul qiliş amaliyotini butunlay bekor qiliş belgilangan. Şu sanadan “Mening pensiyam” onlayn xizmati işga tuşirilib, pensiya yoşiga bir yil qolgan fuqarolarni oldindan xabardor qiliş yölga qöyiladi. Bu esa fuqaroga öz maʼlumotlarini pensiya tayinlanişidan ança avval tekşirib oliş imkonini beradi.
Şu nuqtai nazardan, raqamlaştiriş – şunçaki qoğoz hujjatni elektron şaklga ötkaziş emas, balki pensiya tayinlaş falsafasini özgartirişdir. Endi maʼlumotni fuqaro emas, tizim izlaydi, fuqaro esa faqat öz maʼlumotlarining töliq va töğriligini nazorat qilib boradi.
Yana Bahodir aka misoliga qaytsak, uning pensiyaga çiqişidagi asosiy masala qoğoz mehnat daftarçasining bor-yöqligi emas, balki undagi staj va iş haqi maʼlumotlari elektron tizimda töliq aks etganidadir. Zero, pensiya yoşiga yetgan insonning vaqti hujjat izlaş va idorama-idora yurişga emas, öz rejalarini amalga oşirişga – dam oliş, sayohat va yaqinlari bilan vaqt ötkazişga sarflanişi kerak. Pensiya tizimida joriy etilayotgan yangi tartiblarning asosiy maqsadi ham ana şu ovoragarçilikni bartaraf etişdan iborat.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA muxbiri