Maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi o‘quv yili arafasida maktab ta’limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida qayd etildi.
Maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 320 milliard so‘m ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi.
Yangi o‘quv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 200 milliard so‘m, mahalliy byudjetlardan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.
O‘zA