Joriy yilda ilk marotaba respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari reytingi e’lon qilindi.

Ta’lim inspeksiyasi axboroti

Reyting natijalari ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilib ota-onalar, soha mutaxassislar va keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. 

Reytingni aniqlash uchun xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan tajribali mutaxassislar va xalqaro ekspertlar jalb qilinib, 4 ta ustuvor indikator belgilab olindi. 

Shu asosda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi. Mazkur milliy reyting farzandlarimizga berilayotgan bilimni shaffof baholash, hududlar kesimida ta’lim muassasalarni muammolarni aniqlash va yechish hamda O‘zbekiston maktablarining kelgusida ishtirok etishi rejalashtirilgan xalqaro reytinglarga munosib tayyorlab borish maqsadida o‘tkazildi. 

Mamlakatimiz 2021 yilda ilk marotaba PISA (15-16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur) va PIRLS (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish darajasi va sifatini baholash) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi. 

Ushbu xalqaro tadqiqotlarda 90 ga yaqin davlatlar qatnashadi. Mazkur reyting natijalaridan kelib chiqib yurtimizning kelgusi rivojlanishiga baho beriladi, uzoq muddatga xorijiy investitsiya kiritadigan yirik korxonalar tomonidan ushbu reyting natijalari inobatga olinishidan ham ushbu jarayon rivojlanib borayotgan mamlakatimiz uchun qay darajada muhim ekanligini his qilish mumkin.
Jarayonga tayyorgarlik ko‘rish, respublikamiz maktablaridagi holatni o‘rganish, qaysi hududda ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan, qaysi birida muammolar mavjud, ertaga yoshlarimizni sifatli bilimga ega bo‘lishi hamda ushbu olgan bilimini hayotga tatbiq qila olishlarini o‘rganish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasiga ko‘ra 956 (umumiy maktablarning 10%i) maktablar o‘rtasida reyting o‘tkazildi. 

Shu kunga qadar olingan natijalar mutaxassis va olimlar tomonidan tahlil qilinib, maktablarda yoshlarimizni bilimini talab darajasiga ko‘tarish uchun nima qilish kerak, nimani ustida ishlashimiz kerak degan savolga javob izlanmoqda.

Yana bir muhim jihat, reyting natijalari e’lon qilingandan so‘ng natijalar nisbatan past maktablarga mahalliy hokimliklar tomonidan e’tibor qaratildi. 

Maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va hududda ta’lim sifatini oshirishga bo‘yicha tezkor choralari ko‘rilish boshlandi. Quvonarlisi, past natija ko‘rsatgan muassasalar tomonidan oqsayotgan ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ishlay boshlashdi. Bu yilgi reytingda ishtirok etmagan muassasalar ham kelgusida yaxshi natija ko‘rsatish uchun ta’lim sifatiga alohida e’tibor qarata boshlashdi.

Joriy yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida xalq ta’limini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzni oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishda mamlakatimiz 2030 yilga borib o‘quvchilar bilimi baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilish qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.

Shu o‘rinda o‘tgan yil Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Ta’lim inspeksiyasi qoshida Ta’lim sifatini baholashda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish milliy markazini tashkil etilganligini aytib o‘tish maqsadga muvofiq. 

Bugungi kunda tajribali olim va mutaxassislar tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro tadqiqotlarga katta tayyorgarlikni boshlandi. Respublikamizning barcha hududlarida seminarlar tashkil etildi, xalqaro tajribaga suyangan holda amaliy ko‘nikma va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Biroq ayrim holatlarda mazkur maktablar reyting tadqiqotlarini turli xil va umuman noto‘g‘ri talqin qilish holatlari uchramoqda. Xususan, 2019 yil 20 sentabr kuni “Oʻzbekiston” telekanalining “Munosabat” ko‘rsatuvi orqali Maktablarda o‘tkazilgan reyting masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv bo‘lib o‘tdi. Ko‘rsatuvda soha bo‘yicha tegishli tashkilotlardan mutasaddilar ishtirok etishdi. Ammo ko‘rsatuv davomida ayrim tashkilot vakillari tomonidan fikrlarning sub’ektiv ifodalanishiga guvoh bo‘ldik. Xususan, Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari tomonidan Prezident farmoni ijrosi yuzasidan joriy yilda tashkil etilgan maktab reytinglarining “kamchiliklari ko‘p va natijadorligi yaxshi emas”, deyildi. 

Vaholanki, maktablar reytingini tuzish bilan bog‘liq barcha jarayonlar boshidan-oxirigacha Ta’lim inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil qilingan. 

Vazirlik mutasaddisi o‘zining bu fikri bilan Prezident topshirig‘i bo‘yicha bajarilgan ishga o‘zining mutlaqo e’tiborsizligini ko‘rsatdi. Eng muhimi, bugungi kunda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ta’lim sifatini oshirishda va 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishda Xalq ta’limi vazirligiga ko‘maklashib, doimo hamkorlikda ishlashni maqsad qilgan.

Vazirlik vakilining yuqoridagi gaplarining davomi sifatida ko‘rsatuvdagi boshqa ishtirokchilar tomonidan "maktablarda sifat yo‘q, sifat yo‘q bo‘lsa, reyting kimga kerak", degan fikrlar ham bildirildi. 

Shu o‘rinda ko‘rsatuvlarga taklif etilayotgan mutasaddilarning fikrlari doimo ham to‘g‘ri emasligini, ular fikr berayotganlarida Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini to‘liq anglab yetishlari maqsadga muvofiq. 

Modomiki, ko‘rsatuvda aytilganidek, maktablarda sifat yo‘q bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hech qanday natijaga ega emas, degan xulosa paydo bo‘lishi kerak yoki vazirlik mutasaddisi tomonidan maktab reytinglarini “kamchiligi ko‘p va natijadorligi yaxshi emas”, deya noto‘g‘ri talqin qilinganligi ham, ushbu reytingni amalga oshiruvchi hamkor tashkilot rahbariyati sifatida uning o‘z tizimida qilayotgan ishlarini muvaffaqiyatsiz amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi.

Bevosita oynai jahon orqali ko‘plab insonlar tomosha qilgan ushbu ko‘rsatuvda bildirilgan ayrim fikrlar keng jamoatchilik o‘rtasida noto‘g‘ri qarashlarini keltirib chiqarishi mumkin. 

Bugungi kunda strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak saviyali kadrlar, mutaxassislarning o‘rni beqiyos. 

Bu ehtiyoj osonlik bilan o‘z-o‘zidan qondirilmaydi. Buning zamirida inson kapitali, uning salohiyatini kashf etish va uni ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida safarbar qilish kabi ulug‘vor vazifalar turadi. Mazkur holatlarni chuqur anglash va shu asosda ish faoliyatini tashkil etish davlat tashkilotida ishlayotgan har bir fuqaroning mas’uliyatli vazifasidir.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mazkur masala yuzasidan aniqlik kiritadi:

Maktab reytingi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aniqlandi. 

Yurtimizda maktablar soni 10 mingtaga yaqinligi sababli, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan 956 (umumiy maktablarning 10%i) maktablarida 2019 yil 8-19 aprel kunlari nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi. 

Nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni to‘liq shaffof va sifatli o‘tishini ta’minlash uchun jami 57 ta ishchi guruh tuzilib, uning tarkibida 200 nafardan ortiq mutaxassislar faoliyat olib bordi. 

Reyting natijalari reyting.tdi.uz saytida muassasalar kesimida har bir indikator bo‘yicha aniq ballar bilan e’lon qilindi. Bunda hududlar kesimida ham qaysi maktablar nechanchi o‘rinda ekanligini ko‘rish mumkin. Albatta maktablarni baholash uchun ko‘plab sifat indikatorlarni ishlatish mumkin. 

Ammo ularni shaffofligi va aniqligiga borib o‘rganilgandan keyin kafolat berish mumkin. Toshkent shahri bo‘yicha ham 10% maktablar tanlangan bo‘lib, Prezident maktabiga tanlovda eng ko‘p o‘quvchi qabul qilingan Sergeli tumanidagi 300-sonli umumta’lim maktabi reytingda Toshkent shahri bo‘yicha 3-o‘rinni egallagan.

Reyting natijalarini tahlil qilish asosida sog‘lom raqobat muhitni shakllantirish, maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish, umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktablar reytingi natijalari noto‘g‘ri talqin etilmoqda
Жамият
16:43 / 24:09:2019