Poytaxtimizdagi “Saxovat Sport Servis” sport majmuasida o‘tayotgan M15 toifasiga kiruvchi xalqaro tennis turnirining yakkalik bahslarida chorak final bahslari yakunlandi.

Unda hamyurtimiz Sergey Fomin neytral maqomdagi tennischi Anton Chexovni 6:2, 6:0 hisobida taslim etdi va yarim finalda yaponiyalik Renta Tokuda bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.  

Shu o‘rinda, S.Fomin mazkur turnirning juftlik bahslarida ukrainalik sherigi Vladislav Orlov bilan tandemda final bosqichiga yo‘l oldi va bosh sovrin uchun o‘tadigan o‘yinda hindistonlik Ishoq Iqbol va Nitin Kumar Sinh juftligiga qarshi kortga chiqish huquqini qo‘lga kiritdi.

Yakkalik bahslariga qaytadigan bo‘lsak, yosh tennischimiz Maksim Shin  hindistonlik Madvin Kamatni 6:2, 6:3 hisobida taslim etdi. Afsuski, yana bir vakilimiz Amir Milushev kutilmaganda italiyalik Lorenzo Lorussoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Natijada, Maksim  va Lorenzo yarim finalda raqobatlashishi aniqlandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maksim Shin yakkaliklar o‘rtasida ham chempion bo‘lmoqchi