Poytaxtimizdagi “Saxovat sport servis” sport majmuasida Xalqaro tennis federatsiyasining rasmiy taqvimiga kiritilgan M15 toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda yosh tennischimiz Maksim Shin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning yakkalik bahslarida M.Shin birinchi va ikkinchi  davrada neytral tennischilar Aleksey Aleshchev hamda Maksim Jukovni taslim qildi va chorak finalga chiqdi. Endi Maksim yarim final ostonasida hindistonlik Krish Tyagi bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, Maksim Shin italiyalik sherigi Lorenzo Lorusso bilan birgalikda xalqaro turnirni yarim finaliga chiqdi va ushbu bosqichda neytral maqomdagi tennischi Aleksandr Lobanov va hindistonlik Karan Singx juftligiga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.  

Quvonarlisi, juftlik bellashuvlarining ikkinchi yarim finalida ikki o‘zbek tennischisi – Ilya Ignatov va Amir Milushev tandemi  Hindiston vakillari Ishakiyu Eqbal va Nitin Kumur Sinxa duetiga qarshi bahs olib boradi.

Umid qilamizki, mazkur uchrashuvlarda tennischilarimiz g‘alaba qozonadi va final bahsi o‘zbek tennischilari ishtirokida o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maksim Shin bosh sovrinni Toshkentda olib qolmoqchi