Kinematografiya agentligi va Toshkent islom akademiyasi hamkorligida “BRAND PRO MEDIA” studiyasi tomonidan o‘zbek teatr dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi haqida hujjatli film suratga olindi.
Mazkur kinokartina Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan "Xalq yuragi" turkumi ostida tayyorlandi.
Filmda ulug‘ adibning bolaligidan boshlab hayotining quvonchli va og‘ir damlarigacha bo‘lgan holatlari gavdalantirilgan.
Film ssenariy muallifi Abduhamid Muxtorov, rejissyori Ibrohim Ahmedov, operator Sardor Anvarov, rassom Sardor Toshmurodovdir.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA