Mahalliy kengaşlar faoliyatida yangi bosqiç: Kollegial boşqaruv va «kengaş soati» xalq hokimiyatçiligini mustahkamlaydi
Sönggi yillarda mamlakatimizda davlat boşqaruvini demokratlaştiriş, joylardagi dolzarb masalalarni bevosita aholi vakillari iştirokida hal etiş borasida tub buriliş yasaldi.
Ayniqsa, mahalliy ijro etuvçi va vakillik hokimiyati vakolatlarining aniq çegaralanişi xalq deputatlari Kengaşlarining mustaqil nazorat organi sifatida şakllanişiga keng yöl oçdi. 2026-yil 12-noyabrda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqidagi ÖRQ–1188-son Qonun uşbu islohotlarni sifat jihatidan yangi poğonaga olib çiqdi.
Kengaş raisi va örinbosari: xolis yetakçilik va doimiy taşkiliy tayanç uyğunligi
Yangi Qonun bilan özgartirilgan va yangi tahrirda bayon etilgan 16¹–16⁴-moddalarda xalq deputatlari Kengaşi raisi va uning örinbosari maqomi, ularni saylaş hamda lavozimidan ozod qiliş tartibi aniq belgilab qöyildi. Kengaş raisi va uning örinbosari Kengaş vakolatlari muddatiga saylanadi hamda öz faoliyatini jamoatçilik asosida amalga oşiradi. Ahamiyatli jihati şundaki, rais va uning örinbosari öz vazifalarini bajariş davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni töxtatib turadi, doimiy komissiyalar va partiya guruhlari tarkibiga kirmaydi. Bu meʼyor Kengaş rahbariyatining barça siyosiy kuçlar va deputatlar uçun birdek xolis, betaraf moderator sifatida iş yuritişini taʼminlaydi.
Rais va örinbosarni saylaş jarayoni ham oçiq, demokratik asosga qöyildi. Endi Kengaşning birinçi sessiyasi aynan rais va örinbosarni saylaşdan boşlanadi. Buning uçun saylovda iştirok etgan har bir siyosiy partiya deputatlaridan iborat siyosiy partiyalar vakillari guruhi tuzilib, nomzodlar ana şu guruh tavsiyasi asosida deputatlar orasidan körsatiladi va deputatlar umumiy sonining köpçilik ovozi bilan saylanadi. Şu bilan birga, bir şaxs bir vaqtning özida boşqa viloyat, tuman, şahar Kengaşining raisi yoki örinbosari etib saylanişiga yöl qöyilmaydi. Muddatidan ilgari ozod qiliş masalasi esa deputatlar umumiy sonining kamida uçdan bir qismi taklifi bilan körib çiqilib, uçdan ikki qismidan köproğining ovozi bilan hal etiladi.
Qonunning 20-moddasiga kiritilgan özgartirişga köra, Kengaş raisining örinbosari bir vaqtning özida tegişli Kengaş kotibiyatining mudiri hisoblanadi va bu lavozimda doimiy asosda faoliyat yuritadi. Kotibiyat xodimlarini lavozimga tayinlaş va ozod qiliş vakolati ham bevosita unga berildi, rais yöqligida esa uning vakolatlarini örinbosar bajarib turişi qonunan mustahkamlandi. Bu Kengaş apparatining ijro hokimiyatidan taşkiliy va kadrlar jihatidan mustaqil işlaşini kafolatlaydi.
Kengaş Rayosati — kollegial boşqaruv va siyosiy muvozanat maydoni
Qonundagi muhim institutsional yangiliklardan biri — 16⁵-modda bilan Xalq deputatlari Kengaşi Rayosatining taşkil etilişidir. Ilgari sessiyalarni çaqiriş va kun tartibini şakllantiriş jarayonlarida doimiy işlovçi kollegial tuzilma yetişmas, bu esa ayrim hollarda doimiy komissiyalar va partiya guruhlari takliflarining yetarliça inobatga olinmasligiga sabab bölar edi. Endilikda viloyat, tuman va şahar Kengaşlarida tuziladigan Rayosat tarkibiga Kengaş raisi, uning örinbosari, partiya guruhlari rahbarlari, doimiy komissiyalar raislari, şuningdek hokim kiradi.
17-moddaga kiritilgan tuzatişga muvofiq, endi xalq deputatlari Kengaşi sessiyasini Kengaş Rayosati çaqiradi. Rayosat sessiya kun tartibi loyihasini şakllantiradi, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlaştiradi va Kengaş işini taşkil etiş bilan boğliq boşqa masalalarni öz aʼzolari umumiy sonining köpçilik ovozi bilan hal qiladi.
Agar sessiyada rais ham, uning örinbosari ham iştirok eta olmasa, majlisni eng köp deputatlik örnini olgan partiya guruhi rahbari olib boradi. Bunday tarkib va tartib Kengaş içidagi siyosiy partiyalar, komissiyalar hamda ijro hokimiyati örtasida doimiy muloqot va özaro tiyib turiş muvozanatini yaratadi.
“Kengaş soati” — mahalliy ijro organlari masʼuliyatini oşiruvçi taʼsirçan mexanizm
Joylarda aholi tomonidan tez-tez kötariladigan masalalardan biri hududiy boşqarma va bölim rahbarlarining deputatlar oldidagi hisobdorligi qay darajada amaliy natija berayotganidir. Qonun bilan VI bobga kiritilgan yangi 25⁹-modda aynan şu yönalişda “Kengaş soati” institutini joriy etdi. Bu — Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Hukumat soati” amaliyotining tuman, şahar va viloyat darajasiga tuşirilgan, xalqçil körinişidir.
Endilikda Kengaş deputatlari, doimiy komissiyalar yoki partiya guruhlari taşabbusi asosida Kengaş Rayosatida “Kengaş soati”ni ötkaziş masalasi körib çiqiladi. Şakllantirilgan dolzarb savollar Kengaş raisi tomonidan tegişli hududdagi ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlariga oldindan yuboriladi, rahbarlar esa bevosita Kengaş sessiyasida, keng jamoatçilik köz öngida deputatlarning savollariga javob beradi. Bunday oçiq muloqot mahalliy rahbarlarning kommunal xizmatlar, yöl, taʼlim, tibbiyot yoki bandlik kabi kundalik muammolar yuzasidan masʼuliyatini keskin oşiradi va ijro intizomini mustahkamlaydi.
Qonun ijrosi — joylardagi oçiqlik va natijadorlik garovi
Qonunning 2 va 3-moddalariga muvofiq, Adliya vazirligi hamda manfaatdor taşkilotlar mazkur hujjat mazmun-mohiyatini ijroçilar va aholiga yetkaziş, Vazirlar Mahkamasi esa hukumat qarorlarini unga muvofiqlaştiriş çoralarini köradi. Rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kirgan ÖRQ–1188-son Qonun respublikamizdagi barça viloyat, tuman va şahar Kengaşlarida boşqaruv madaniyatini yangi poğonaga kötaradi.
Kotibiyat mudiri maqomida doimiy işlaydigan rais örinbosari, kollegial qarorlar qabul qiluvçi Kengaş Rayosati, partiya guruhlarining kuçaygan ovozi va sessiya minbaridagi “Kengaş soati” — bularning barçasi joylarda “Kuçli Kengaş, hisobdor va taşabbuskor hokim” tamoyilini amalda röyobga çiqarişga xizmat qiladi. Qabul qilinayotgan har bir mahalliy qaror ortida saylovçilar manfaati, şaffoflik va vakillik nazoratining turişi ana şu islohotlarning boş samarasi bölib qoladi.
Baxtiyor BEKMURZAYEV,
Demokratik jarayonlarni
tahlil qiliş markazi eksperti