Lionel Messi MLS tarixida bunday natijaga erişgan ilk futbolçi böldi
Argentinalik yulduz 2026-yilgi muntazam çempionatning 31 ta uçraşuvida 26 marta raqiblar darvozasini işğol qilib, mavsumning eng yaxşi töpurari deb topildi.
Amerikaning "Inter Mayami" klubi hujumçisi Lionel Messi MLS tarixida ketma-ket ikki mavsum "Oltin butsa" sovrinini qölga kiritgan birinçi futbolçiga aylandi.
Argentinalik yulduz 2026-yilgi muntazam çempionatning 31 ta uçraşuvida 26 marta raqiblar darvozasini işğol qilib, mavsumning eng yaxşi töpurari deb topildi.
Messi ötgan mavsumda ham uşbu mukofotga sazovor bölgan edi. Öşanda u 28 ta öyinda 29 ta gol urib, çempionat töpurarlari röyxatida yetakçilik qilgan.
Şu tariqa, 39 yoşli futbolçi sönggi ikki mavsumda 59 ta uçraşuvda 55 ta gol urişga muvaffaq böldi.
Qayd etiş joiz, MLS tarixida bungaça beş nafar futbolçi "Oltin butsa"ni bir martadan köproq qölga kiritgan. Biroq ularning heç biri mazkur sovrinni ketma-ket ikki yil yutmagan edi.
Messi esa uşbu natija bilan Amerika futbol ligasi tarixida yangi rekord örnatdi.