Lionel Messi JCH tarixidagi noyob rekordni takrorladi
Messi esa JCH–2026 pley-offidagi uchta uchrashuvda 18 ta zarba berib, 15 ta golga olib keluvchi vaziyat yaratdi.
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCH–2026da jahon chempionatlari tarixidagi kamdan-kam uchraydigan hujumkor natijani qayd etdi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, Messi 1966-yildan buyon statistika yuritila boshlangan davrda bitta jahon chempionati pley-off bosqichida 15 tadan ortiq golga olib keluvchi vaziyat yaratish va 15 tadan ortiq zarba yo‘llash ko‘rsatkichiga erishgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Avval bu natijani faqat ikki afsona qayd etgandi:
Diego Maradona (1986) — 22 ta zarba, 16 ta yaratilgan gol vaziyati;
Andreas Breme (1990) — 17 ta zarba, 15 ta yaratilgan gol vaziyati.
Messi esa JCH–2026 pley-offidagi uchta uchrashuvda 18 ta zarba berib, 15 ta golga olib keluvchi vaziyat yaratdi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 15-iyul kuni JCH–2026 yarim finalida Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
Messi ushbu mundialda 6 ta o‘yinda 8 ta gol va 1 ta assist qayd etgan. Turnir davomida u jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi assistentga aylandi.