Lamin Yamalda jarohat qaytalanishi xavfi yuqori
JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kabo-Verdega qarshi bahsda (0:0) futbolchi 70-daqiqa daqiqa zaxiradan maydonga tushib, 20 daqiqa harakat qildi.
Ispaniya milliy terma jamoasi tibbiy shtabi jamoa vingeri Lamin Yamalning jarohati yana qaytalanishi mumkinligidan jiddiy xavotir bildirmoqda. JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kabo-Verdega qarshi bahsda (0:0) futbolchi 70-daqiqa daqiqa zaxiradan maydonga tushib, 20 daqiqa harakat qildi. Vaholanki, shifokorlar unga iloji boricha kamroq o‘yin vaqti berishni tavsiya qilishgan edi, deya xabar bermoqda Cadena SER.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 22-apreldan buyon mushak jarohatidan to‘liq sog‘ayib ulgurmagan futbolchining jismoniy yuklamalarini maksimal darajada kamaytirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatma bo‘lgan. Biroq, o‘yin davomida vaziyat taqozosi bilan Yamal rejalashtirilganidan ko‘proq o‘ynashga majbur bo‘ldi. Bu esa Luis de la Fuente boshchiligidagi murabbiylar shtabi va tibbiy xizmat o‘rtasida tinimsiz maslahatlashuvlar va bahslarga sabab bo‘ldi. Qayd etilishicha, ayni paytda gap futbolchining og‘riq his qilayotganida emas, balki aynan jarohatning qaytalanishi xavfi yuqoriligida bormoqda.
Shunga qaramay, Yamal 21-iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan navbatdan tashqari muhim uchrashuvda ishtirok etish niyatida. Uning mazkur bahsda qancha vaqt maydonda harakat qilishi bo‘yicha yakuniy qaror tibbiy ko‘rik xulosalariga tayangan holda qabul qilinadi.