Kurash: Kobul turnirida hamyurtlarimiz umumjamoada 1-o‘rinni egalladi
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida an’anaviy yakka kurash turlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro festival doirasida kurash musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Kurash musobaqalarida Afg‘oniston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Eron davlatlaridan jami 170 nafar sportchi ishtirok etdi.
Bellashuvlar -60, -66, -73, -81, -90, –100 va +100 kilogramm vazn toifalarida tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra, festivalning kurash yo‘nalishida O‘zbekiston jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Tojikiston vakillariga nasib etgan bo‘lsa, Afg‘oniston sportchilari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA