Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida kurash bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida IX, faxriylar o‘rtasida III jahon chempionati musobaqalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Chempionatning ikkinchi kunida 16-17 yoshlilar 18 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.
20 dan ortiq davlatning 150 nafardan ortiq yosh sportchilari ishtirokidagi bahslar sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 32 ta (14 ta oltin, 13 ta kumush va 5 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi.
Faxriylar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida mamlakatimizning faxriy polvonlari 4 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medaliga egalik qildi.
Jahon chempionatining natijalariga ko‘ra, 30 ta oltin, 30 ta kumush va 12 ta bronza medaliga egalik qilgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni, Mo‘g‘uliston 2-o‘rinni, Turkmaniston 3 o‘rinni egalladi.
Milliy sportimiz kurashning xalqaro rivojiga munosib hissa qo‘shgan terma jamoamiz a’zolari ertaga, 9 dekabr kuni yurtimizga qaytib keladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA