Davlat dasturlari doirasida kreditlar ajratishdan maqsad hududlarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, kafolatlangan ish o‘rni yaratish kabilar ko‘zda tutiladi.

Bu dasturlarni amalga oshirish uchun hududlarda tegishli markazlar ishlab turibdi.  

Imtiyozli kredit oluvchilarni bazasi yaratilib, oluvchilar ro‘yxati ochiq holda, shaffof tarzda ko‘rsatishning imkoni bormi? Aytaylik, bir shaxs yigirma million maosh olgan holda, imtiyozli kredit olishga haqlimi? Biznes rejaning murakkabligi tufayli ishsiz yoki kambag‘al aholi imtiyozli kreditlarga qadar yetib kelmaydi. Buning oldini olish uchun 2020 yil iyundan kreditni moliyalashtirish soddalashdi. Yagona interaktiv baza qilinmoqda, unda kredit oluvchi shaxs haqida barcha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.

Bu haqida O‘zbekiston Markaziy bankida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan «Bank tizimidagi islohotlarni yoritishda yangicha nigoh va zamonaviy yondashuvlar» mavzusida seminar-treningda ma’lumotlar berildi.

Unda bugungi kunda markaziy bank siyosatini yoritish, aholini o‘z vaqtida zarur axborot bilan ta’minlash, iqtisodiy mavzuni yoritishda moliya muassasalari va OAV vakillari o‘rtasidagi hamkorlik masalasida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Seminar-treningda markaziy bank pul-kredit siyosatida inflyatsion targetlash rejimi, uning mohiyati, tijorat banklarining xalqaro moliya institutlari ko‘magida transformatsiya qilinishi, kredit to‘lovi muddatini uzaytirish va muammoli kreditlar mavzusida bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

- Transformatsiyadan maqsad banklarning xizmat sifatini oshirish, - deydi bank vakili Sanjar Nosirov. - Shu maqsadda kelgusida bir qator banklarni xususiylashtirish ko‘zda tutilgan. Istiqbolda Mikrokredit, Agrobank, Tashqi iqtisodiyot milliy bankida davlat ulushi qoladi. Boshqalari esa xalqaro moliya muassasalari ko‘magida zamonaviy xizmatlar joriy etishga o‘tadi. Bu jarayonda xalqaro moliya tashkilotlarining talabiga ko‘ra ayrim kichik banklarning yiriklashtirish jarayoni ham amalga oshirilishi mumkin.

Tadbirda zamonaviy to‘lov tizimlari, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, pul-kredit siyosati va bank tizimi sohasida institutsional o‘zgarishlar mazmun mohiyati haqida ma’lumotlar berildi. Iqtisodiy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kredit oluvchilarning shaffof bazasi yaratiladi