Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va filiallarining ilg‘or xalqaro davolash standartlarini amaliyotga joriy etish borasidagi o‘rni salmoqli.

O‘tgan yil nafaqat markaz, balki filiallar faoliyatida ham ko‘plab yangiliklar kuzatildi. Joylarda 15 dan ortiq yangi davolash va tashxislash usullari amaliyotga tatbiq qilindi.  

Muassasa direktori Azamat Yusupov bu haqda batafsil ma’lumot berdi:

– Qashqadaryo viloyatida asoratli holatlarda katarakta fakoemulsifikatsiyasi va intraokulyar linzani skleraga tikish, Surxondaryoda to‘r parda kasalliklarida vitrektomiya amaliyoti, Navoiyda shox parda astigmatizmi mavjud bemorlarda TORIC IOLni hisoblash va glaukoma xastaligida mikroimpulsli transskleral siklofotokoagulyatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida traksion to‘r parda ko‘chishida vitrektomiya, Buxoroda esa keratotopografiya kabi ko‘plab noyob jarrohlik operatsiyalari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, ilgari faqat markazning o‘zida bajarilgan katarakta fakoemulsifikatsiyasi, pterigiumektomiya plastika va dakriotsistorinostomiya kabi yuqori texnologik amaliyotlar Urgut va Boyovut tuman tibbiyot birlashmalari ko‘z kasalliklari bo‘limlarida ilk bor amalga oshirildi.

E’tiborlisi, yangi turdagi diagnostika va tashxis usullarining viloyatlar, tuman va shaharlar darajasida yo‘lga qo‘yilishi, hududlarda mahalliy shifokorlar bilan birgalikda qo‘shma operatsiyalar o‘tkazilishi hamda telemeditsina natijasida markazga bemorlar murojaatlari soni undan avvalgi yilga nisbatan 2 barobarga kamaydi.

Mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish maqsadida bugungi kunda muassasa turli xorijiy klinikalar, universitetlar va tibbiyot markazlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, o‘tgan yili O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston bosh oftalmologlari tomonidan Markaziy Osiyo glaukomatologlar Alyansi tashkil qilinib, o‘zaro hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yil davomida AQSHning “Lions World Vision Institute” notijorat ko‘z banki, Tampa shahrining oftalmologik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Rossiyaning Gelmgols nomidagi ko‘z kasalliklari milliy tibbiy tadqiqotlari markazi, M.M.Krasnov nomidagi ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bilan jami 7 ta xalqaro memorandum imzolandi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan, 2024 yil muassasaga Germaniya taraqqiyot banki (KfW banki) grant mablag‘lari hisobidan 5 ta Easy Eye virtual simulyatori, 4 ta operatsion mikroskop va 4 ta fakoemulsifikatoruskunasi o‘rnatilib, Markaziy Osiyo davlat muassasalari orasida birinchi bo‘lib, simulyatsion markaz tashkil etildi. Natijada bu yerda yiliga 300 nafar mahalliy va xorijiy mutaxassislarning malaka oshirish imkoniyati yaratildi.

2025 yil hududiy filiallarda 4 ta tashxislash va 13 ta davolash usullarini joriy qilish, yosh mutaxassislarning xorijdagi yetakchi tibbiyot markazlarida malakasini oshirish hamda chet ellik shifokorlar bilan hamkorlikda joylarda qo‘shma jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘z mikroxirurgiyasi: hududiy filiallarda 4 ta tashxislash, 13 ta davolash usullari joriy qilinadi